x

Namangan shahrida qaynota ikkinchi guruh nogiron bo`lgan kelinini va 8 yoshli qiz bola nabirasini kaltaklagan.

Janjal shaharning Usmon Nosir mahallasida sodir bo`lgan. Mojaroga ikki ovsinning o`zaro dahanaki janjali sabab bo`lgan.

Qaynota vaziyatga noto`g`ri baho berib, kelin va uning 8 yoshli qizini kaltaklagan. Ayni vaqtda kaltaklangan kelin Ichki ishlar organiga murojaat qilgan.

Ma'lumotlarga ko`ra, oila avvaldan bu kelinga zulm o`tkazib kelgan. Kelinning oilasi shu paytgacha hech kimga indamagan.

To Top ↑
To Top ↑