Bolaning kech gapirishining bir necha sabablari mavjud:
1. Fiziologik sabablar:
a) Tug`ishdan oldin yoki tug`uruq vaqtida miyada yoki asab tizimida paydo bo`lgan muammo.
b) Og`iz, tomoq va lablardagi biror muammo.
v) Boshqa fiziologik sabablar.
2. Agar yuqorida aytib o`tilgan sabablar mavjud bo`lmasa, u holda kech gapirishning sababi o`zaro sog`lom suhbat muhiti mavjud emasligidadir. Televizor ko`p ko`riladigan, kam suhbatlashiladigan oila, bir xil ota-ona modeli, yolg`iz farzandlik, qo`rquv va ziddiyat ko`p bo`ladigan oila va shu kabi holatlar bolaning kech gapirishining muhim sabablaridan hisoblanadi.
Kech gapirishda ota-onaning roli qanday?
Nutq o`rganishning eng faol davri 2-4 yoshlar orasiga to`g`ri keladi. Bola bu davrda sezish hissini qo`llangan holda, atrofdagi barcha voqealar, inson ovozlarini xotirasiga jamlaydi. Bola tomonidan ota-onasining barcha tuyg`ulari, harakatlari his qilinayotgan bu davrda bola tuyg`ularini e'tiborga olmasdan kulish, uni masxara qilish bolaga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
Zero suhbatning asosiy sharti ta'sir qilishdir. Bola o`z tuyg`ularini qarshi tarafga ta'sir qilganini sezsa harakatlarini avj oldiradi. Agar bola xafa bo`lsa-yu, kattalar uni ustidan kulishsa, u o`z tuyg`ularini kattalardagi ta'sirini topolmaydi. Bu holat boladagi jasoratni sinishiga, odamovi bo`lib qolishiga va natijada kech gapirishiga sabab.
ʺBola nimani nega qiladiʺ kitobidan?