Yangi tadqiqotga ko’ra, ota-onalar yosh bolalarini telefon, televizor va boshqa gadjetlar bilan chalg’itish orqali ovutishi ularning kamroq so’z o’rganishi hamda kechroq “tili chiqishi”ga olib kelishi mumkin.
Tadqiqot o'tkazish uchun 200 dan ortiq avstraliyalik oilalarning uyidagi ikki xonaga audio va video yozib oluvchi qurilmalar o'rnatilib, bolalarning gadjetlardan foydalanish vaqti o'rganildi. Telethon Kids Instituti jamoasi 7000 soatlik yozuvlarni o’rganib chiqib, bolalar bir kunda o’rtacha 3 soat vaqtini ekran qarshisida o'tkazishayotganini aniqladi.
“Tadqiqot shuni ko’rsatmoqdaki, uch yoshli bolalar bir daqiqa vaqtini ekran qarshisida o'tkazar ekan, ular bu vaqtda kattalarning 7 ta gapini eshitishdan mahrum bo’ladi, o’zlari esa beshtadan kamroq so’z aytishadi va har kuni o'zaro kam muloqot qilishadi”.
Amerika Tibbiyot Assotsiatsiyasi Pediatriya jurnalida chop etilgan ma’lumotga ko’ra, ekrandan foydalanish o’rtacha 3 yoshli bolani kuniga kattalarning 1100 ta so’zidan, 194 ta suhbatlardan mahrum etadi.
Bola bir kunda o’rtacha 5000 dan 35000 gacha bo’lgan so’zlarni eshitadi. Ekran vaqti tufayli sodir bo’ladigan so’z yo’qotishlari soni oilalarga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Demak, bolalarning telefon va boshqa gadjetlardan foydalanishi faqatgina ularning ko'rish qobiliyatiga salbiy ta'sir qilish bilan cheklanib qolmaydi. Bu bolaning yangi so'zlarni o'rganishi, atrofdagilar bilan muloqot qilmaslik natijasida odamovi bo'lib qolishiga ham sabab bo'ladi.