Telefonni koʻp tomosha qilgan bolalar umrbod koʻzoynak taqishga mubtalo boʻlishlari mumkin.
Bolalar koʻz soqqasi 20 yoshgacha shakllanadi. Koʻz soqqasining diametri oʻrtacha 24 mm boʻlishi kerak. Telefon va TV ni yaqindan koʻrish natijasida koʻz soqqasi zoʻriqadi va kattaroq boʻlib shakllanadi. Va bola koʻzoynak taqishga majbur boʻladi.
Shu sababdan mutaxassislar yosh bolalarga telefon bermaslikni yoki juda kam miqdorda foydalanishlari kerakligini ta'kidlashadi.