x

Ma’lumki, ko’plab davlatlar o’z aholisiga farzand tug’ilganida bir marta yoki balog’atga yetgunga qadar bola nafaqasi sifatida moddiy yordam/mukofot puli taqdim etadi. Ba’zi davlatlar bu sa’y-harakatlarni oilalarni rag’batlantirish, aholi sonini orttirish uchun qo’llasa, ba’zi davlatlar faqatgina moddiy yordamga muhtoj bo’lgan oilalargagina ajratadi. Ushbu nafaqaning miqdori, shartlari, davomiyligi o’sha mamlakatning qonun-qoidalariga asoslangan holatda amalga oshiriladi. Quyida, dunyoda bola puli yuqori bo’lgan davlatlar va xorijlik oilalar uchun mavjud imkoniyatlar haqida so’z yuritamiz.

Germaniya
Germaniya har bir to’ng’ich va ikkinchi farzand uchun oyiga 194 yevro to’laydi. Bu ko’rsatkich uchinchi farzand uchun 200, to’rtinchisi uchun 225 yevrogacha ko’tariladi. Bunda oilaning daromadi ahamiyatga ega emas. Yagona shart – ularning doimiy yashash joyi Germaniyada bo’lishi.

Turkiya
Turkiyada ota-onalar farzand tug’ilganda ham, undan keyin oyma-oy ham haq olishlari mumkin. Turk jumhuriyati birinchi farzand uchun 300 lira, ikkinchisi uchun va 400, keyingilari uchun 600 liradan pul beradi. Bundan tashqari, har oy 122 lira ham to’lanadi. Ushbu nafaqalarni olishning sharti ota-onalardan biri turk bo’lishi va kamida 4 oy ishlagan bo’lishi kerak.

Buyuk Britaniya
Angliyada bola puli oyda emas har haftada to’lanadi. Miqdori esa to’ng’ich farzand uchun 23 yevroni tashkil etadi. Ushbu stavka keyingi farzandlar uchun 15 yevro etib belgilangan bo’lib, bolalar 16 yoshga to’lgunicha taqdim etiladi. Ushbu imkoniyatga ega bo’lishi uchun ota-onalarning biri mamlakatdagi milliy sug’urtani to’lagan bo’lishi yoki 2014 yildan keyin davlatga ishsiz bo’lib kelgan bo’lsa naqafani olishdan oldin 3 oy ishlashi zarur. 

Rossiya
Rossiyada farzand ko’rgan ota-onalar 453 000 rubl miqdorida “onalik kapitali”ni oladilar. To’lov miqdori oila daromadi va yashash hududiga qarab o’zgarishi mumkin. Afsuski, chet eldan kelganlar bu imkoniyatga ega emas. Ammo, ular davlat tibbiy sug’urtasiga ega bo’lishsa daromadga asoslangan holatda yuqoridagi nafaqani olishlari mumkin bo’ladi. 

Statistikaga nazar soladigan bo’lsak, dunyodagi bola puli eng ko’p beriladigan davlatlar quyidagilar:

3. Lyuksemburg – bola maktabni bitirgungacha yoki 20 yoshgacha har oy 324 AQSH dollari beriladi. 

2. Shvetsiya – bola 16 yoshga to’lgunga qadar har oy 151 $ dan to’lanadi.

1. Daniya – ushbu davlat bola nafaqasini berish miqdori bo’yicha dunyoda yetakchilik qiladi. Mamlakatda bola 15-17 yoshga to’lgunga qadar har oy 756$ dan to’lanadi. Ammo, bu miqdor yil sayin kamayib boradi. Agar bolaning boquvchisi yolg’iz bo’lsa qo’shimcha 246$ dan yordam puli ham taqdim etiladi.

Umidjon Sayfullayev tayyorladi.

To Top ↑
To Top ↑