x

Farzandni dunyoda kuz kuvonchi, oxiratda shafoatchi kilgan Alloh taologa hamdu sano- lar bo`lsin. Bola haqini ado qilishda bizga namuna bo`lgan zot Payg`ambarimiz Muham- mad mustafo (sollallohu alayhi va sallam)ga salavot va salomlar bo`lsin.

Inson dunyoga kelib, kamol topishida oila va undagi tarbiyaviy muhitning ahamiyati kattadir.

Honadonda ota-ona va farzandlar o`rtasidagi munosabatlarning to`g`ri shakllanishi nafaqat oila tinchligi, balki jamiyat farovonligiga ham bevosita ta'sir etadi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz qadimdan oila kadriyatlarini ulug`lab kelganlar.

Ma'lumki, shark oilalarida kattalarga hurmat-ehtirom, kichiklarga izzat-ikrom, yaxshi-yomon kunlarda bir-birlariga ko`maklashish, g`amxo`rlik qilish, mehr-oqibat ko`rsatish kabi tamoillar ustuvor o`rin tutadi.

Avvalo, tarbiya so`zi - "parvarish kilish", "o`stirish", "odob o`rgatish", "nafsni poklash", "ilm va xunar berish", "fazilatlarni singdirish" va "rivojlantirish" kabi ma'- nolarni o`zida mujassamlashtiradi. 

Farzand insoniy fazilatlarni, asosan, oiladan o`rganadi. Tarbiya haqida gapirganda xalkimiz orasida mashhur bo`lgan bir rivoyat beixtiyor yodingga tushadi. Bir kishi farzandli bo`lishi bilanok dono Hakimni oldiga borib: "Men bugun ota bo`ldim, farzandimga qachondan boshlab tarbiya bersam bo`ladi", - debdi. Shunda Hakim biroz tabas- sum kilib: "Bolani tarbiyalashga to`kkiz oy idollox bna edro kech kolibsizlar-ku", - debdi. Kissadan xissa shuki, avvalo, tarbiya beruvchining o`zi tarbiyali bulmogi lozimligi anglanadi. Tarbiya so`zining ma'nosi juda serqirra bo`lib, "bola bokmok", "voyaga etkazmok", "parvarishlamok", "g`amxo`rlik kilmok", "odob-axlok va kasb-xunar o`rgatmok", "ta'lim bermok" kabi tushunchalarni ham o`zida mujassam etadi. Halkimizda, "O`rgatishning eng yaxshi yo`li, namuna bo`lishdir", degan naql bor. Ya'ni, Farzandining ilmli bo`lishini xohlagan ota-ona eng avvalo, o`zi bunday sharafli makomga ega bo`lmog`i zarur ekan.

Ming afsuski, oxirgi paytlar ba'zi oila  farzandlari noma'kul ishlarga aralashib kolganini guvohi bo`lyapmiz. Bunday xolatda ota-onalar uylarida tarbiyaviy muhit yaxshi ekanini, biroq ko`cha muhiti farzandlarini buzganini da'vo kilishadi. Balki shundaydir, lekin ta'lim berishda ota-ona kachondir, nimadadir xato kilgan bo`lishi xam mumkin-ku. Halqimiz: "Kush inida ko`rganini kiladi", - degan naqlni bejiz ayt- magan axir.

Farzand tarbiyasi ota-ona uchun eng mas'uliyatli va eng uzok, kerak bo`lsa, butun umr davom etadigan jarayondir. Ba'zi ishlarni bir-ikki tadbir bilan nixoyasiga etkazish mumkin. Ammo tarbiya mas'uliyati esa bardavom bo`ladigan buyuk bir ishdir. Zotan, ota-onaning farzand ne'matiga xakikiy shukri xam aynan tarbiya mas'uliyatini sharaf bilan ado etish orkali yuzaga chikadi.

Bugungi kunda komil inson tarbiyasida e'tikod tarbiyasi, axlok tarbiyasi, tafakkur tarbiyasi, jismoniy tarbiya, mexnat tarbiya- si kabilar o`zaro bir-biriga bog`lik masala ekani barchaga ma'lum.

Darxakikat, Islom dinida farzand tar- biyasida ota-onaning, oilaning o`rni beki es sanaladi. Ota-bobolarimiz oilada far- zand tarbiyasini mukaddas dinimiz ko`rsat- malariga muvofik olib borgani uchun xam Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Maxmu Zamaxshariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk zotlar etishib chikkanini bugun butun dunyo e'tirof etmokda.

 

ISLOMDA OTA-OHA BA FARZAND HAKLARI kitobidan

To Top ↑
To Top ↑