Bugungi kunda har bir xonadonda "Oyijon, telefon bering", degan jumla jaranglasa ajabmas. Bolalar uchun eng "yaxshi" ovunchoq bu smartfonlar bo`lib qoldi. Lekin ba'zi ota-onalar farzandini qanchalik ushbu gadjetlardan uzoq tutmasin, yakunda baribir ularning harakatlari befoyda bo`lib qoladi. Ho`sh, nega?
Chunki odatda har bir ota-ona farzandini smartfonlardan butunlay uzoqda saqlashni xohlaydi. Ammo HHI asrda buning imkoni yo`q. Agar o`zingiz ham telefon tutmasangiz, bolangizda ham qiziqish kamroq bo`lishi mumkin, lekin avvalo o`zimizning hayot tarzimiz ushbu gadjetlarsiz o`tmaydi. Shu o`rinda bolani smartfondan yiroqda tutib bo`lmas ekan, unda nima qilsa bo`ladi degan savol tug`ilishi mumkin. Bunda farzandingizga telefondan to`g`ri maqsadlarda, me'yorida foydalanishni o`rgatmog`ingiz lozim. Smartfon u uchun faqatgina video ko`rish, o`yin o`ynash kabi vaqt o`tkazish vositasi emas, boshqa foydali amallarni bajarsa bo`ladigan vosita ekanini anglashiga yordam berish kerak.
Hozirgi kunda o`zbek media olami ham foydali kontentlarga ega. Kuniga biror marta bolalar uchun ibratli multfilmlar tomosha qilib, bolalarga mo`ljallangan maxsus ilovalardan foydalangan farzandingizni imkon qadar nazorat qilib tursangiz, uning kelgusida telefonga mukkasidan ketib qolgan bir inson emas, balki texnologiya bo`yicha mutaxassis bo`lib etishishiga ko`maklashib yuborgan bo`lishingiz mumkin.