x

Otalar muhim ishlar bilan mashg`ul. Shu darajadaki, farzandlari bilan biroz shug`ullanishlaridan ham muhim. Otalar farzandlarining moddiy ehtiyojlarini qondirish bilangina otalik vazifalarini bajardim deb o`ylamasliklari, vijdonlarini biroz rohatlatish uchun bolalarini haftada bir marta sayrga olib chiqish etarli, deb tushunmasliklari kerak. Bu tarzda otalik qilayotganlar xafa bo`lishmasin, otalik vazifasi bulardan iborat emas! Ikki hafta farzandi bilan nimaningdir rejasini tuzgan otaga buni yana bir bor eslatmasa unutib qo`yadigan ota qo`rqishi, qattiq qo`rqishi kerak. Modomiki, sizning vaqtingiz hisobli, farzandingiz uchun vaqtingiz bo`lmasa, u holda o`zingizning kelajagingiz haqida hozirdan qayg`urishingiz kerak bo`ladi.

Endi siz 15 kun yoki 1 oyda bir marta to`rttagina non bilan bir soatga ko`rgani keladigan farzandingiz ustidan shikoyat qilishni umuman hayolingizga keltirmasligingiz kerak. "O`g`lim, qizim, nega men bilan gaplashib o`tirgani bemalol kelmaysan, kelasanu ketasan" degan so`zlaringizga javoban "uyda hamma narsa etarli bo`lsa, mazza qilib o`tirsangiz-chi, meni ishlarim boshimdan oshib yotibdi," degan javoblariga tayyor turishingiz kerak. Chunki siz haqiqiy otalik farzandni moddiy ehtiyojlarini qondirish deb hisoblasangiz, kun kelib bolalaringiz ham otamni moddiy tomondan ta'minlasam, farzandlik vazifamni ado etgan bo`laman deb tushunadi.

Ho`sh, siz shunga tayyormisiz?

To Top ↑
To Top ↑