x

Bolajonlar, tilingizni ehtiyot qiling, faqat foydali gaplarni gapiring, behuda so`zlardan yiroq bo`ling. Shunda odamlar orasida suyukli bo`lasiz. Odamlar ichida suyukli bo`lib yashashingiz uchun quyidagi nasihatlarga amal qilishingiz kerak:

1. Doim to`g`ri so`zlashga odatlaning. Chunki odamlar yolg`onchi deb tanilgan kimsalar bilan muomala qilishni va ularning so`ziga quloq solishni xohlamaydilar.

2.  Odamlarga gapirganda, agar ular sizdan kichikroq bo`lsa ham ularni hurmat qilishga odatlaning. Chunki o`zingizdan obro`si past kishilarni kamsitishga tilingiz o`rganib qolsa, o`zingizdan ulug` kishilarga nisbatan ham odobingiz yomonlashadi.

3.  Do`stlaringizni so`kmang, haqorat qilmang va ularni yomon ko`radigan laqablar bilan chaqirmang. Chunki bu qabih so`zlar tarbiyangiz yomonligiga ishoradir.

4.  Biror kishini o`zi yo`qligida u eshitishni xohlamaydigan gap-so`z bilan eslamang. Chunki kim odamlarning aybini qidirsa, odamlar ham uning aybini qidiradilar.

5.  Adovat solish uchun odamlar o`rtasida yomon gaplar tarqatadigan chaqimchi bo`lmang.

6.  Sharmanda qilib, ayblarini hammaga yoyishni xohlab odamlarning sirlarini fosh etmang.

 

 

To Top ↑
To Top ↑