x

Bolalarning umumiy axloq qoidalari va hayotiy xavsizliklariga zid bo`lmagan qilgan xato ishlariga ko`z yumish yoki e'tibor bermaslik kerak. Chunki ular xato qilganlari sari tajriba orttiradilar.

Tajriba muvaffaqiyat sari odim tashlayotgan kishi uchun eng kuchli xotira sanaladi. Bola amaliyotda nimalardir qilsagina nimalarnidir kashf qiladi.

Agar ota-ona "O`g`lim, qizim bu ishni sen qilma, men o`zim eplayman" qabilida gaplar aytib farzandining tajriba orttirishiga to`sqinlik qilsa, uning katta hayotda aynan mana shu ish uchun, boshqalarga muhtoj bo`lishiga sabab bo`lib qoladi.

Bu misolni umumlashtiradigan bo`lsak, katta hayotda asqotadigan ko`p tajribalarni orttirmaslik kishining kelgusi hayotda butunlay boshqa kishilarga muhtoj bo`lib qolishiga olib keladi.  

To Top ↑
To Top ↑