x

Ko`pchilik ota-onalar o`zlarini farzandlari bilan o`yin o`ynayotgandek ko`rsatishadi. Vaholanki, bola uchun eng yomon narsa u bilan haqiqatan o`yin o`ynamay o`yin o`ynayotgandek ko`rinishdir. Bola buni darhol sezadi. Bola o`z xayol o`lchovlari doirasida o`yinni nazoratda tutadi.

Bolaning qo`lida turgan kichik bir qo`g`irchoqning ham siz ko`rolmaydigan oyisi bor va u bolasiga sut olish uchun do`konga ketgan bo`lishi mumkin. Yana uning dadasi kasal bolasini doktorga olib borish uchun ko`chada mashina kutayotgandir. (Ya'ni farzandingiz tasavvurida, albatta) Lo`nda qilib aytganda, bola o`yin o`ynayotgan paytda uning xayol kuchi to`xtovsiz ishlaydi.

Bu narsalardan bexabar holda, uni anglamasdan turib bola bilan o`yin o`ynashga harakat qilish bolaning yuragini siqishdan, ruhan cho`ktirishdan nariga o`tmaydi. Ota-onalar harchand kunda bir soat farzandlari bilan o`ynayotgandek ko`rinishsa-da, bu u bilan o`ynash emas, faqatgina uni chalg`itishdan iborat.

To Top ↑
To Top ↑