x

Uyqudan erta turish yaxshi odat. Erta turishning juda ko`p foydalari bor. Maktab yoshidagi bolalar kun chiqmasdan avval uyg`onishlari lozim. Chunki ular yuz-qo`llarini yuvib, nonushta qilib, so`ng maktabga borishga tayyorgarlik ko`rishga ulgurishlari kerak bo`ladi.

Buning uchun esa uchta narsaga e'tibor berish zarur:

– Bolalar kechqurun hammadan erta uxlashlari kerak. Chunki erta yotgan bola erta turadi;

– Uyquga yotayotgan bola “Ertalab barvaqt uyg`onaman”, deb niyat qilishi kerak;

– Uxlashdan avval kattalarga: “Meni ertaroq uyg`otinglar”, deb tayinlash lozim.

Ba'zi bolalar kun chiqquncha uxlab yotaveradi. Birov uyg`otsa ham turgisi kelmaydi. Bu yaxshi odat emas. Chunki erta turishning uch narsaga foydasi bor: aqlga, badanga, iymonga.

Aql yaxshi ishlaydigan payt tong vaqtida bo`ladi. Ana shu paytda uyg`ongan bolaning aqli ko`p narsaga etadigan bo`ladi. Bunday bolaning darsi ham, ishlari ham chiroyli chiqadi. U kechgacha g`ayratli va xursand bo`lib yuradi. O`rtoqlari bilan ham yaxshi o`ynaydi. Badan doim sog` bo`lishi uchun erta turishni odat qilish kerak. Ertalab badantarbiya bilan shug`ullanish sog`liqni mustahkamlaydi. Uyqudan kech turgan bolaning kuchi bir oz so`nib qoladi. Shu sababli farzandingiz kelgusida har tomonlama sog`lom va etuk bo`lishini istasangiz, avvalo uning erta uyg`onishiga e'tiborli bo`lishingiz lozim.

To Top ↑
To Top ↑