Yangi yil arafasida har birimiz o`zimiz uchun biror foydali narsani amalga oshirish haqida va'da beramiz. Ayrimlar mutolaa bilan ko`proq shug`ullanishni rejalashtirsa, boshqalar – zararli odatlarni tashlab, sport bilan shug`ullanishni o`z oldilariga maqsad sifatida belgilashadi. Yaxshi onalar esa yanada yaxshi bo`lishni asosiy vazifa deb biladilar. Buni ushbu 8 qoida yordamida amalga oshirish mumkin.
1. Ko`proq uxlashni o`rganishOnaning organizmi ertami yoki kechmi to`yib uxlamaslikka odatlanadi, biroq to`yib uxlamaslik salomatlik va tashqi ko`rinishga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin. Ona boshi va beli og`rib tursa, baxtli bo`la oladimi? Bolalar baxtli va kuch-quvvatga to`la onani ko`rishlari lozim. Demak, to`yib uxlashni o`rganish kerak – yaqinlardan yordam so`rashdan uyalmaslik, mas'uliyatni biroz kamaytirish va bolani tezda uxlatish usullarini o`zlashtirish lozim.
2. His-tuyg`ularingizga e'tiborli bo`lingBolaga baland ovozda gapirmaslikni o`rganish – ota-ona uchun muhim vazifa. Ayrim hollarda g`azabni ushlab turish qiyin bo`lsa-da, baqirmasdan gapirishga harakat qilish kerak. Bola unga baland ovozda gapirayotganingizni juda yaxshi tushunadi va bundan kelajakda baxtli bo`lmasligi aniq.
3. Umumiy mahorat darslarida ishtirok etishAqlli onalar bo`sh vaqtlarini o`zlari uchun foydali tarzda o`tkazishni yaxshi biladilar. Internetda bekorga vaqt sarflagandan ko`ra, ota-ona va bolalar uchun ijodkorlik kurslariga yo`l olgan ma'qul.
4. Planshetda vaqtni kamroq o`tkazishAgar onaning o`zi planshetdagi o`yinlarda bekorga vaqt sarflasa, farzandlar ham undan o`rnak olishadi. Planshetga tobelik esa bolaning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Statistikaga ko`ra, «planshet o`yinlariga tobe» bolalar ko`pincha semizlikdan aziyat chekishadi va sekin rivojlanadilar. Shunday ekan, bolalar uchun sevimli elektronikadan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
5. Bolalarni kichik muvaffaqiyatlari uchun maqtashni boshlashOta-onalarning hayratda qolishi va maqtovlari bolalarga shirinlik va zo`r o`yinchoqlarga qaraganda samaraliroq ishtiyoq beradi. Bolani kichik yutuqlari uchun ham maqtash lozim. «Omadsizliklari» uchun bolani jazolash emas, «Kelasi safar buni albatta eplaysan» qabilidagi iliq so`zlar bilan tetiklantirish lozim.
6. Shirinlikni kamroq iste'mol qilishAgar sevimli desertlardan voz kechishni eplolmaydigan bo`lsangiz, ularni yong`oqli qora shokoladga almashtirgan ma'qul. U foydali, kam kaloriyali va sutli shokolad kabi mazali.
7. Bolalarni volontyorlik bilan tanishtirishBu bolalarni o`zlarida mavjud narsalarni qadrlash va atrof-muhitga g`amxo`rlik bilan munosabatda bo`lishga o`rgatadi. Ba'zida qariyalar uyiga tashrif buyurish va bolalarni buva va buvilarga muloyimlik bilan munosabatda bo`lishga o`rgatish mumkin.8. Har bir bola bilan yuzma-yuz gaplashishQalbdan qurilgan suhbatlar sirlarni ochish va o`z fikrlari bilan o`rtoqlashishga zamin yaratadi. Bolalar o`z ota-onalari bilan ruhan yaqin bo`lishadi. Katta oilalarda bolalar o`z fikrlarini ochiq bayon eta olishmaydi.O`ylaymizki, yuqoridagi maslahatlar sizga yanada yaxshi ona bo`lishda yordam beradi.