x

Ko`pchilik ota-onalar bola tarbiyasida eng oxirgi usuldan birinchi galdayoq foydalanib qo`ya qoladi. Farzand sho`xlik qilsa yoki gapga kirmasa, uradilar. To`g`ri, qattiqqo`llik kerak. Lekin muomala, tushuntirish, tergash, ogohlantirish kabi vositalar ish bermagandagina jismoniy jazoga o`tish mumkin. G`azabga berilish ko`p hollarda tuzatib bo`lmaydigan xatolarga olib keladi. Nohaq yoki ortiqcha kaltaklash bolaning tanasiga emas, qalbiga shikast etkazadi.

AQShning Ostin shtati universiteti va Texas shtati universiteti tadqiqotchilari ta'kidlashicha, bola qancha ko`p tarsaki esa, unda ruhiy salomatlik borasidagi muammolar shuncha tez paydo bo`ladi, tajovuzkorligi ortadi. 50 yil mobaynida o`tkazilgan ushbu tadqiqotda 160 ming nafar bola o`rganildi.

Ko`pincha ota-onalar ozgina kaltak foydadan xoli bo`lmaydi, deb o`ylaydi. Biroq uni qay holatda va qachon qo`llashni bilmay, xatolarga yo`l qo`yishadi. Bunday usuldan foydalanishga bolaligida o`zlari ham kaltaklanib “tarbiyalangan” kishilar moyil bo`ladi. Natijada bu holat takrorlanaveradi, avloddan avlodga o`taveradi. Har kim o`zi bilmagan holda qalbidagi og`riqlari, alamlari uchun bolasini jazolaydi.

“Tadqiqotimiz kattalarni o`z xatti-harakatlari haqida o`ylab ko`rishga majbur qiladi va kelgusida ota-onalar odob-axloq o`rgatishning faqat ijobiy usullarini qo`llaydi, deb umid qilamiz”, deya ta'kidlashdi olimlar.

To Top ↑
To Top ↑