x

— Kreativlik va logika rivojlanishi: Kompyuter bilimi, kreativlik va logik fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Bu bolalarning muammolarni tahlil qilish va ularni echish uchun ijodiy yondashuv, logika va tuzatish qobiliyatlarini oshiradi.

— Ishbilarmonlik: Kompyuter bilimlari sohasidagi mahoratlar bolalarning ishbilarmonlik darajasini oshiradi. Bu ularni savol va muammolarni tezroq hal qilish, javob berish, jamoatchilikda ish olib borish va boshqa shu kabi ko`nikmalarni rivojlantiradi.

— Kengaytiriladigan soha: Kompyuter bilimlari kengaytiriladigan sohadir. Bolalar uchun kompyuter bilimlari o`rgatishi uning kelajakdagi ish imkoniyatlari haqida nazariy bilimlarni beradi. Bu ularga sifatli ish joylarida ishlashga imkoniyat beradi. 

— Mazmunli o`rganish: Kompyuter bilimlarining mazmunli o`rganishi bolalarga ilmiy ma'lumotlar yanada ko`proq taqdim etadi. Ular bu sohada yangiliklarni kuzatib borish, texnologiyalarni izlash va ulardan foydalanish uchun zarur ma'lumotlarga ega bo`ladi.

Nima uchun bolalar komp'yuter o`rganishi kerak?

Kelajak – komp'yuterlar bilan bog`liq ekanini hisobga olsak, farzandlarimiz o`z kelajaklarini qurishlari uchun ularga komp'yuterdan to`g`ri va oqilona foydalanishni hozirdan o`rgatishni boshlashimiz kerak.
Agar bolaga komp'yuterni ota-ona o`z tashabbusi bilan o`rgatishni boshlamasa, u buni ko`cha-ko`ydan, do`stlaridan o`rganadi. Tabiiyki u ko`p hollarda foydali emas, zararli taraflariga o`ralashib qoladi. Albatta, komp'yuterni bolalarga o`rgatish qiziqarli jarayonlar bilan kechishi kerak. Shuning uchun ham bolalarni tajribali o`quv markazlariga ishonib topshirgan ma'qul. Bu erda bolalarga ma'lum me'yorlar asosida aniq tartibda dars o`tiladi. Muhimi, sarflagan mablag`ingiz yillar o`tib farzandingiz kelajagiga poydevor vazifasini o`taydi.

Necha yoshdan boshlab?

Odatda, bolalar uch yoshgacha komp'yuterga qiziqish bildirmaydilar. Mutaxassislarning fikricha, bolalar etti yoshdan boshlab komp'yuter savodxonligi kurslariga qatnashlari mumkin. Bu erda ularning qiziqishlariga qarab darslar o`tiladi. Uyga kelgach, o`tilgan darslarni ota-ona kuzatuvi ostida takrorlashlari lozim.

O`quv markazlarining afzalligi

Komp'yuterni o`rgangan bolalar internetni ham o`zlashtira boshlaydilar. Bu hushyorlik talab etiladigan palladir. O`quv markazlarida bolalar uchun foydali va kerakli saytlar taqdim etiladi va o`quvchilarni unga jalb etib, keraksiz saytlarga qiziqishni kamaytirishadi. Bolalar komp'yuterda kattalardan ko`ra kamroq shug`ullanishlari kerak, albatta. Sababi ularning o`sib kelayotgan suyaklari, ko`z nuriga zarar etmasligi kerak. O`quv markazlari ana shunday qoidalarga rioya qilgan holda bolalarni o`qitishadi. Ya'ni har yigirma daqiqada kichik tanaffus e'lon qilinadi, ko`zlar va mushaklar uchun mashqlar bajariladi.

Komp'yuter cheklansa…

Komp'yuter bolalarni zombiga aylantiradi, turli kasalliklarni chaqiradi, degan ortiqcha vahimaga berilmang. Dunyoqarashi kengaya borgach, bolalar o`z bilim doiralarini kengaytirish uchun komp'yuterdan oqilona foydalanishni o`rganishadi. Aksincha, komp'yuter cheklab qo`yilsa, uni ko`r-ko`rona internet kafelarda o`rgangan bolalar esa zararli ta'sirga tushib qolishi mumkin. Shu sababdan ham o`quv markazlarida o`rgangan bola bilan vaqtini internet kafelarda o`tkazadigan bolaning o`rtasida er va osmoncha farq bo`ladi. Unutmang, komp'yuter – farzandingizning asosiy yordamchisiga aylanadi.

To Top ↑
To Top ↑