FARZANDLARIMIZ BILAN MULOQOTNING 5 TA OLTIN QOIDASI
1-QOIDA
Joningizni bir parchasining har bir fikrini hurmat qiling. Sizga noaniq biron fikr aytsa, darrov tanqid qilmasdan, oydinlashtiruvchi savol bilan murojaat eting.
Misol: “Shunday fikrga kelishingga nima turtki bo`ldi, bolajonim?” deb fikrini aniqlashtirishga yordam bering.
2-QOIDA
Bolajoningiz bilan suhbatlashayotganda ko`proq savollar berishga harakat qiling. Savollarga bolajoningiz “Ha”, “Yo`q” deb javob bermasligiga, ya'ni yopiq savol bermaslikka intiling.
Misol: “Kuning yaxshi o`tdimi” (bu savolga odatda “Ha”, “Yo`q” deb javob olasiz) emas, “Kuning qanday o`tdi?” deya so`rashingiz lozim.
3-QOIDA
Jondan aziz jigarporangiz bilan suxbat chog`ida ochiq savollar bering. Ular quyidagilardir: “Qanday qilib?”, “Nima uchun?”, “Qanaqa?”. Bu savollarga javob olish orqali bolangiz fikrini ochiq, keng bayon etishiga imkon yaratgan bo`lasiz.
Misol: “Bu maqsading amalga oshmaydi” (bu bilan o`ziga ishonchini sindirasiz) emas, “Buni qanday qilib amalga oshirmoqchisan?” deb so`rang.
4-QOIDA
Farzandingizning muloqot ko`nikmalarini yoshligidan shakllantirishga ko`maklashing. Birgalikda shunday o`yinlar o`ynang.
Misol: Suqrot dialogi, xarizma sirlari, Payg`ambarimiz S.A.V sunnatlariga amal qilishni va o`zingiz shunga amal qilishga harakat qiling.
5-QOIDA
Eng asosiy qoida, maktabda bilimni zo`r o`zlashtirishi muhim, ammo hayotiy ko`nikmalar (soft skills) ancha muhimroq. Buni maktabda o`rgatishmaydi, ota-onalar o`zimiz tashabbusni qo`lga olishimiz darkor. Bolajoningiz olim bo`lishi bilan birga, odam bo`lishi muhimroqdir. Buning uchun Islom negizida ruxini tarbiya qilishimiz muhimdir!
Misol: Shayx Muhammad Sodiqning “Ruxiy tarbiya” asarlari va bolalarda “Emotsional intellektni oshirish” haqidagi kitoblariga amal qilish etarli bo`ladi.
Muallif: Dr. Gavhar Darvish