-Maktab sinf xonasida bo`lib o`tadigan dars jarayonini ota-onalar tomonidan kuzatib borish maqsadida videokamera o`rnatish mumkinmi? Buni tartibi qanday? Bu bo`yicha ta'lim oid hujjatlarda nimalar deyilgan? Agar bu narsaga sinf ota-onalar yig`ilishida qaror qilingan bo`lsa qanchalik to`g`ri bo`ladi?
- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023 yil 31 avgust kungi 282-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan "Umumiy o`rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari"ga ko`ra, o`quvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ta'lim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishi mumkin emas.
Ota-onalar tomonidan sinf xonalariga kamera o`rnatilib, dars jarayonini kuzatib borish ham dars jarayoniga aralashish hisoblanadi. Shuningdek, ushbu harakatlar qonunchilikda ko`zda tutilgan boshqa qoidalarga ham to`g`ri kelmaydi.
Davlat umumta'lim muassasalariga nazorat kameralarini o`rnatish «Havfsiz maktab» loyihasi doirasida amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda sinf xonalarga ham kuzatuv kameralari o`rnatilganligiga guvoh bo`lishimiz mumkin.
Ya'ni, «Havfsiz maktab» loyihasi doirasida sinf xonasiga ham kuzatuv kameralari o`rnatish mumkindir, ammo kamera tasvirga olgan lavhalar jamoatchilikka taqdim etilmasligi lozim.