Sog`lom turmush tarzining va odatlarning to`g`ri shakllanishi uchun jismoniy faoliyat (engil, o`rtacha yoki kuchli faollik), uyqu va bolaning o`tirgan (harakati cheklangan) vaqtini o`z ichiga olgan kundalik faollikni to`g`ri taqsimlash talab etiladi.
Sog`lom o`sishning asosi to`g`ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya, yaxshi uyqu, doimiy parvarish va xavfsiz qo`llab-quvvatlovchi muhitdir. Shuning uchun kunlik tadbirlarni bolaning yoshi va ehtiyojlariga mos ravishda rejalashtirish muhimdir.
12 oygacha bo`lgan bolalar:
• Bolalar turli usullar bilan kuniga bir necha marta jismoniy faol bo`lishlari kerak. Ular kamida 30 minut pol ustida interfaol o`yinlar o`tkazishlari, kichik yoshdagilar esa yotgan holatda o`ynashlari kerak.
• Harakat cheklangan dam olish holatlarida: bolalar aravachasida, o`rindiqda, tashuvchi moslamada yoki bag`ringizda 1 soatdan ko`proq qoldirish tavsiya etilmaydi. Bu vaqtdan suhbatlashish, qo`shiq aytish, bolaga kitob o`qib berish, birgalikda tomosha qilish kabilar uchun foydalanish kerak.
• Ushbu davrda bolalarni ekranlar (televizor, planshet, mobil telefon) ta'sirida qoldirish tavsiya etilmaydi.
Bolaning kunduzgi va kechasidagi uyqu vaqti, vaqt o`tishi bilan o`zgarib turadi. Tug`ilgandan 3 oygacha bo`lgan bolalar uchun uyqu 14-17 soat davom etishi mumkin, 4 oydan 11 oygacha bo`lgan davrda u biroz qisqaradi va 12-16 soat davom etadi.