x

– “Biz bir-birimizni yaxshi ko`rishimiz shart” — oilada ikkinchi farzand dunyoga kelganida ko`p holatlarda to`ng`ich farzandning rashki keladi Ayniqsa, bolalar bir jinsli bo`lsalar, bu tuyg`u yanada kuchliroq seziladi.

– “Sen akangdan o`rnak olishing kerak” — ko`p holatlarda ota-onalar o`z farzandlarini boshqa bolalar bilan taqqoslashadi. Bizga har doim qo`shnining bolasi yaxshiroq chizadigandek, kuylaydigandek yoki yaxshi o`qiydigandek tuyulaveradi.

– “O`z muammolaringizni o`zingiz hal qiling” — Ota-onalarning yana bir sevimli ko`rsatmasi: “Janjallaringiz bilan boshimni og`ritmang, munosabatlaringizni mustaqil hal qiling”. Qaysidir ma'noda ular haq – agar ularning har bir muammosiga aralashaversa, asab etmay qoladi.

 Afsuski, keyingi paytlarda bir qorindan talashib tushgan aka-ukalar, opa-singillar orasida uy-joy, mol-mulk talashish oqibatida kelishmovchilik, janjal bo`lib, yuz ko`rmas bo`lib ketayotgani quloqqa chalinmoqda. Bu juda xunuk va og`riqli holatdir. Avvalo, akasining yoki ukasining mulkini tortib olib, o`zlashtirib olish gunoh bo`lsa, ularning o`rtasidagi aloqalarning uzilishi, ahillikka darz etishi ham og`ir gunohdir.

Silai rahmni uzish, qarindoshlik aloqasini to`xtatish yomon oqibatlarga sabab bo`lishi hadisi shariflarda ta'kidlangan. Qolaversa, qarindoshlar bilan aloqani mustahkamlash yomon o`lim topishdan qutulishga sabab bo`ladi.

Ali karromallohu vajhahudan qilingan rivoyatda esa: «Qarindoshlar bilan aloqani bog`lash yomon o`lim topishdan saqlaydi. Shuning uchun Allohdan qo`rqinglar va silai rahm qilinglar!» (Imom Hokim va Bazzor rivoyati).

Qarindoshlik aloqasini uzayotgan aka-ukalar yomon o`lib topish, og`ir gunohga botish va oxiratda ham ayanchli holatlarga tushishdan ogoh bo`lsinlar!

So`zimiz so`nggida janjallashayotgan jigarlarga ushbu hadisi sharifni eslatib o`tamiz.

Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo`lsa, silai rahm qilsin», deganlar (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Iymonim bor degan aka-uka, opa-singillar o`zaro aloqalarni uzmasinlar, bordi-keldilarni yo`lga qo`yib, yarashib, bir-birlarini bag`riga bossinlar hamda ahil, inoq, ibodatli qarindosh bo`lib hayot kechirsinlar!

Alloh taolo barchamizni silai rahmni o`rniga qo`yib borishimizni nasib aylasin va bizni yomon xotimadan asrasin!

 

To Top ↑
To Top ↑