x

Qaysi tarbiyalash usulini tanlash o`z ixtiyoringizda. Biz shunchaki oilada iliq munosabatlarni saqlashga yordam beradigan maslahatlarni berib o`tmoqchimiz:

Qanday nazorat qilishni o`zingiz hal eting. Jarayonga kompleks tarzda yondashing: bolaga nazorat haqiqatan zarurligini va buni unga zarar etkazib qo`ymagan holda qanday bajarish to`g`risida o`ylab ko`ring.

Bolani o`z qolipingizga solishga urinmang, barcha xatti-harakatlaringizni u bilan gaplashib oling. Shunday yo`l tutingki, bola biror qaror qabul qilayotganda siz tomondan hech qanday bosimni his etmasin. Qabul qilgan qarori uchun mustaqil javob berishiga imkon yarating. Natijada uning sizga bo`lgan ishonchi ortadi, voqea-hodisalardan boxabar qilib turadi. Siz esa o`z navbatida o`zingizni nazorat qila boshlaysiz.

Ota, ona va farzand o`rtasida o`zaro ishonch bo`lishi nihoyatda muhim. Bola o`z xatolari, kechinmalari va muammolari haqida gapirishdan cho`chimasligi zarur. Uning rostligi uchun urishish zinhor tavsiya etilmaydi, hatto bu rostlik sizga umuman yoqmasa ham. Bolaga qilgan xatolari uchun qattiq tanbeh beraverish yaramaydi, aks holda u sizga umuman ishonmay qo`yadi. Yaxshisi, u nimada nohaq ekanligini jahlsiz, bamaylixotir gaplashib olishga harakat qiling. Uning ishonchini bir marta yo`qotsangiz, yana qaytarish oson kechmaydi. Negaki, bola bilan munosabatlarda ustunlik qilish bu hali uning do`stiga aylanishni anglatmaydi.

Eng muhimi — ishonchini suiiste'mol qilmang. «Men senga ishongandim, sen esa...» iborasini ko`p ishlatish munosabatlarning qadrsizlanishiga olib kelishi mumkin.

Tarbiyasi og`ir bola — pedagog va ota-onalar uchun azaliy bosh og`riq. Qariyb 99% ota-ona bunday muammoga duch kelishadi. Lekin muomalani qaytadan ko`rib chiqish orqali bunga barham berish mumkin.

Ko`pincha ota-onalar bola 5 — 7 yoshga to`lib, qiliq va injiqliklari bilan hammani bezor qilishga ulgurganda shifokor va pedagoglarga shikoyat qila boshlashadi. Biroq bolani mo`min-qobil qilib o`stirishga yordam beruvchi tarbiya usullarini ancha oldin — go`dak bir yoshga to`lar-to`lmas boshlash kerak. Dunyodagi bolalar psixologlari va pedagoglari tarbiyaning asosiy mohiyati qanday bo`lishidan qat'i nazar, yakdil fikrni ilgari sursa kerak: farzand oilada hamisha bo`ysundiruvchi (etakchi) emas, itoat qiluvchi (ergashuvchi) o`rinni egallashi zarur.

Barcha xalq va zamonlar pedagogikasining asosiy qonuni: kichkina qushcha qushlar galasini boshqarmaydi. Buni boshqacha so`z bilan izohlash mumkin: bola kattalarning inon-ixtiyorini (dod-faryodi, xarxasha va injiqliklari yordamida) o`ziga tobe qilolmaydi. Aks holda bu ota-ona va boshqa oila a'zolari tomonidan yo`l qo`yilgan aniq va mudhish xato hisoblanadi. Yana bu kelgusida bolaning ruhiyatiga, qolaversa, butun oilaga zarar etkazishi turgan gap.

Biroq ota-onalar «kattalar izmiga yurish» degani kichkintoyga zo`ravonlik qilish yoki oila kattalariga majburan itoat ettirish emasligini tushunishi lozim. Ammo bola go`dakligidanoq oilada hamma qarorlarni aynan ota-ona qabul qilishini va har qanday taqiq so`zsiz bajarilishi kerakligini tushunib etishi darkor. Bu, eng avvalo, bolaning xavfsizligi uchun zarur.

 

Agar bu qonun buzilsa, oilada quloqsiz bola etiladi...

 

To Top ↑
To Top ↑