x

1. Kichkintoyni bolalar kosmetikasiga “ko`mib tashlamang!” — “Mehribon” onalar kun davomida bolalari terisiga nimalarni surishmaydi-ya! Bolalar uchun krem, yog`, upa, antibakterial xususiyatlarga ega sovunlar, maxsus suyuqliklar shimdirilgan salfetkalar…

2. Bolani aravacha bilan birga zinadan olib tushmang! — Bu siz uchun xavfli bo`libgina qolmay, bola uchun ham katta xavf tug`dirishi mumkin. Ko`p qavatli uylarda lift yo`qmi yoki vaqtincha ishlamayaptimi? Unda kichkintoy bir muddat uyda qolgani ma'qul. 

3. Terlashiga yo`l qo`ymang! — Bola yig`laganda, injiqlik qilganida, qo`rqqanida yoki o`ta xursand bo`lganida, ter munchoqlariga ko`miladi. Sog`lom, emizikli bola esa issiq sharoitda ham deyarli terlamaydi, undan sutning yoqimli hidi kelib turadi.

4. Bolaga ichiradigan suvga shakar qo`shmang! — Birinchidan, siz maqsadga etolmaysiz: shirin suyuqliklar chanqoqni yaxshi qondirmaydi. Ikkinchidan, bolani ilk yoshidanoq shirin ta'mga o`rgatib qo`yasiz, u oddiy suvni ichishdan qattiq bosh tortadi. 

5. Bolaga choy bermang! — Hatto, suyuq damlangan choy ham bola organizmida ilk yoshlardayoq temir o`zlashtirilishini susaytiradi va temir tanqisligiga moyillik keltirib chiqaradi. Bola uchun eng foydali ichimlik — qaynatilgan shakarsiz suv. 

6. Shamollagan bo`lsangiz ham, ko`krak suti bilan emizing! — Ba'zan onalar shamollaganda, gripp bo`lganida bolani ko`krak suti bilan emizmaslikni ma'qul ko`radilar. Bolaga kasallik yuqishidan qo`rqish tabiiy, biroq, shuni unutmangki, gripp havo-tomchi yo`li orqali yuqadi, emizish bilan emas.

7. Bolani yotqizganda tez-tez ikki yonboshga almashtirib turing — Amerikalik pediatrlar har 16 ta boladan bittasida bosh suyagi deformatsiyasini aniqlashdi. Buning sababi, ular uzoq vaqt belga tayanib yotgan va D vitamini tanqisligidan aziyat chekadi. Bolaga ushbu qimmatli vitaminni etkazib berishni unutmang.

8. So`rg`ichdan voz kechmang — ko`pchilik onalar so`rg`ichlar bolada tishlar o`sishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi, degan tushunchada. Bu noto`g`ri! So`rg`ich bola tug`ilganidan boshlab, ilk oylarda so`rishga ehtiyoj kuchli bo`lgan paytlarda juda kerak. 

9. Dorilarni retsept asosida bering — odatda, emizikli bolalar uchun kukun-dorilar yozib beriladi. Agar kerakli preparatlar dori qutingizda topilsa, pediatr sizga uning qaysi qismini bolaga ichirish mumkinligini aytadi.

To Top ↑
To Top ↑