x

Barcha bolalar xavfsizlikda bo`lish va shafqatsiz munosabatdan himoyalanish huquqiga ega. Ammo ba'zida ota-ona bo`lish og`ir vazifa bo`lib ko`rinishi mumkin. Agar siz o`zingizni engishga qodir bo`lmasangiz va farzandingizga zarar etkazishingiz mumkin deb o`ylasangiz, yordam so`rashingiz kerak.

Bolalarga shafqatsiz munosabatda bo`lishning bolalar va ota-onalar uchun xavfi

Ota-ona sifatida, ba'zida asab juda taranglashganini his qilish odatiy holdir. Ammo ba'zida vaziyat bundan ham yomon bo`lishi mumkin.

Agar siz charchagan, farzandingizning qiyin xatti-harakatlaridan ranjigan yoki to`g`ri ish qilyapmanmi deb tashvishlanayotgan bo`lsangiz, his-tuyg`ularingizni nazorat qilish qiyin bo`lishi mumkin. Yetarli darajada qo`llab-quvvatlashning yo`qligi sizdagi sabr-toqatni sinaydi va qiyinchiliklarni engish qobiliyatini susaytiradi.

Ba'zida sizni shaxsiy, hissiy, tibbiy yoki moliyaviy muammolar charchatishi mumkin va siz farzandingizni etarli darajada parvarish qila olmayotganingizni his qilasiz.
Baxtsiz bolalik yoki oila tomonidan yordamning etishmasligi kabi holatlar sizning shaxsiy o`tmishingiz og`ir kechganini bildirishi mumkin. Bu o`tgan tajriba ota-ona sifatida hayotingizda qiyinchilik tug`diradi.

Agar hamma narsa nazoratingizdan chiqib ketgan bo`lsa va farzandingizni so`z bilan yoki jismonan xafa qilgan bo`lsangiz, siz xohlamasangiz ham, bolaga zarar etishi xavfi mavjud.

Bolaga hech qachon zarar etkazmang. Har bir bola xavfsizlikda va himoyalangan bo`lish huquqiga ega.

Nima qilish kerak?

Agar bolangizga zarar etkazishingiz mumkinligini his qilsangiz, hoziroq:

To`xtang!

• O`sha joydan chiqib keting va bir necha marta chuqur nafas oling.

• Bu holatni muhokama qilish uchun kimgadir, masalan oila a'zosiga, do`stingizga/dugonangizga telefon qiling.

Siz tinchlanib olganingizda:

• Nima bo`lganini va bu sizga hamda farzandingizga qanday ta'sir qilishini o`ylab ko`ring.

Vaziyatni yaxshilash uchun biror yo`l toping.

Yuzaga kelgan holatni o`zgartirish uchun yordam izlang.

Agar siz farzandingizga zarar etkazishingizni his qilsangiz yoki uni xafa qilgan bo`lsangiz, yordam olish uchun darhol murojaat qilish muhim, agar bolangizga tibbiy yordam kerak bo`lsa, tez yordam chaqiring.

Bolalarga shafqatsiz munosabatda bo`lmaslik uchun yordam olish

Agar siz farzandingizga zarar etkazishingiz mumkinligini his qilsangiz va bu his-tuyg`ularni anglasangiz, zarar etkazmaslik uchun quyidagi choralarni ko`rishingiz mumkin.

Quyida keltirilgan insonlar sizga yordam bera oladi:

militsiyaga telefon qiling (102 raqamiga);

⚫ sizning hududingizda oilani qo`llab-quvvatlash xizmatlari (Mahalla, Ayollar qo`mitasi);

sizning shifokoringiz;

psixolog, yoki shifokor sizga kerakli mutaxassislarni maslahat berishi mumkin;

patronaj hamshirasi;

• hudud nazoratchisi (ichki ishlar xodimi).

Yordam so`rash sizdan jasorat talab qiladi, shu bilan birga bu shuni ko`rsatadiki, siz: bolangizni yaxshi ko`rasiz va uning foydasini o`ylab g`amxo`rlik qilyapsiz.

• muammo borligini tushunyapsiz.

javobgarlikni o`z zimmangizga olyapsiz.

oilangizda nimadir o`zgarishini xohlayapsiz.

vaziyatni yaxshilashga intilyapsiz.

Ehtimol, og`ir damlarni boshidan o`tkazayotgan faqat siz emasligingizni bilish foyda berishi mumkin. Har bir shifokor, psixolog, maslahatchi, patronaj hamshirasi va Ayollar qo`mitasi vakili sizga o`xshagan ota-ona bilan gaplashgan va yordam bergan bo`lishi mumkin.

Mutaxassislar siz bilan shug`ullanishlari va sizga yaxshi ota-ona bo`lish yo`llari haqida fikr berishlari mumkin. Yordam so`rash bilan siz, farzandingiz, oilangiz va o`zingiz uchun imkoni bo`lgan barcha ishlarni qilayotgan bo`lasiz.

To Top ↑
To Top ↑