x

Asosiy fikrlar: kichkintoylar sabab va natijani topish uchun tishlashadi, chimchilashadi va sochdan tortishadi. Bolalar buni ko`pincha so`zsiz his-tuyg`ularini ifodalash uchun qilishadi. Bunday xatti-harakatlarga yo`q deb javob bering, lekin xotirjam bo`ling. Hulq-atvorga imkon qadar kamroq e'tibor bering. Farzandingiz uchun bu xatti-harakatning sababini tushunishga harakat qiling. Bu kelgusida nima qilish kerakligini hal qilishda yordam berishi mumkin.

Tishlash, chimchilash va sochni tortish: nega kichkintoylar bunday qilishadi?

Yosh bolalar tajriba va atrof-muhitni o`rganish maqsadida tishlashi, chimchilashi va sochlaringizni tortishi mumkin.

6-12 oylik go`daklar nima bo`layotganini tushunish uchun ko`p hollarda yuqoridagidek xatti-harakatlarni sinab ko`radi.

Go`daklar tishi chiqayotganida milk og`rig`idan

ham tishlashi mumkin.

Kichkintoylar hayajon, g`azab, hafsalasi pir bo`lgan yoki xafa paytida, bu his-tuyg`ularini ifodalash uchun so`z yo`qligi sababli tishlashi, chimchilashi yoki sochlarni tortishi mumkin.

Ba'zi bolalar esa boshqa tengdoshlari shu ishlarni qilganini ko`rib tishlashi, chimchilashi yoki sochni tortadi. Ular buni boshqa bola bilan urishganda ham qilishi tabiiy.
Kichkintoylar: tishlash, chimchilash va sochdan tortishni to`xtatish

Farzandingiz tishlaganda, chimchilaganda yoki sochingizdan tortganida unga aniq ko`rsatma berish kerak. Masalan, birgina "yo`q" so`zini qo`llashingiz mumkin.

Keyingi qadam: bolaning qo`lini (yoki og`zini!) nariga surib, xotirjamlik bilan yuzingizni o`giring yoki bolani erga qo`ying. Farzandingiz sizni yana ursa, tishlasa yoki sochingizdan tortsa, shu javobni qaytaravering.

Agar uning tishi chiqayotgan bo`lsa, tishlash uchun biror narsa, masalan, rezina chaynagich, sovuq mochalka yoki birorta xavfsiz o`yinchoq bering. Agar u och bo`lsa, ovqatlantiring.

Kichkintoylar e'tiborni tortadigan xatti-harakatlarini takrorlaydilar. Shuning uchun, bolangiz ijobiy xulq-atvorni namoyon qilishi bilanoq, masalan, sizga muloyimgina teginsa - uni ko`proq e'tibor bilan mukofotlang.

Kichkintoylar: tishlash, chimchilash va sochni tortish qobiliyati

Tishlash, chimchilash va sochdan tortishga aniq og`zaki munosabat muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bolalarga nimani his qilayotganingizni bildirish ham yaxshi. Masalan, shunday deb ko`ring: "Yo`q. Tishlash yo`q.
Tishlash onani xafa qiladi".

Sizning keyingi qadamlaringiz bolaning xatti-harakatlari sabablariga bog`liq.

"Buyuk tuyg`ular" uchun so`z yo`q

Farzandingiz his-tuyg`ularini ifodalash uchun so`z topa olmagani uchun tishlab, chimchilab, sochingizga "chang solyapti” deb o`ylasangiz, bunday holatda xotirjamlikni saqlash muhim. Shuningdek, bolaga his-tuyg`ularni ifodalovchi so`zlarni o`rganishi uchun yordam berishingiz mumkin. Masalan, "Meni urma! So`zlardan foydalan. "Ona, mening jahlim chiqyapti!" - desang bas".

Diqqat!!! Farzandingizdan uzoqlashish unga o`zingizni qanday his qilayotganingiz haqida kuchli signal beradi. Misol uchun, agar sizni tishlamoqchi bo`lsa, undan yuz o`girishingiz yoki uzoqroq ketishingiz mumkin.

Rag`batlantirish yoki ochlik

Kichkintoy och qolgani uchun tishlasa, unga kasir-kusur pechene (qoq pechene) yoki sabzavot qalamchalari, somoncho`pli ichimlik shishasi yoki rezina chaynagich kabilarni berishingiz mumkin.

Farzandingiz har safar tishlagani, chimchilagani yoki sochingizdan tortganida bir xil javob qaytarishga harakat qiling. Bu bolaga to`g`ri xulq-atvorni o`rganishd uchun yordam beradi. Agar uch yoki undan katta yoshda bo`lsa, unga qisqa tanaffus berish haqida o`ylab ko`ring.
Agar farzandingiz boshqa bolani tishlasa, chimchilasa yoki sochidan tortsa

Farzandingiz boshqa bir bolani tishlasa yoki xafa qilsa, xotirjamlik bilan o`sha kichkintoy va uning ota-onasidan kechirim so`rang. Shunday deng: "Do`sting Sardor yig`layapti, chunki chimchilash juda og`ritadi".

Keyin xotirjam holatda (agar iloji bo`lsa!) bolani bunday vaziyatdan chiqaring.

Katta yoshdagi bolalar: tishlash, chimchilash yoki sochni tortib olish haqida gapirgandan keyin 

Ikkalangiz ham xotirjam bo`lgach, katta yoshdagi bolalar bilan tishlash, chimchilash va soch tortish haqida gaplashing. Asosiysi, bolangiz tushunadigan tildan foydalaning. "Bugun Maryam bilan o`ynayotganda qiynalding. O`yinchog`ingni olaman deganida uni tishlamoqchi bo`lding, u qo`rqib ketdi. Murod, bu narsa menga hozir kerak. Berib turasanmi? Shunda Maryam sen bilan yana o`ynashni xohlaydi!" - deyishingiz mumkin.

Tishlash, chimchilash yoki sochdan tortish kabi yoqimsiz vaziyatdan so`ng, bolangizga qum yoki suv bilan o`ynash, pufakchalar puflash, plastilinni maydalash yoki jimgina rasm chizish kabi mashg`ulotlarda qatnashib, yanada sokin bo`lishiga yordam bering.

To Top ↑
To Top ↑