O`n yashar bola edim. Istanbulning Sulaymoniya mahallasida, ikki qavatli eski uyning bir xonasida oilamiz bilan ijarada turardik. Targ`il bir mushugimiz bo`lardi. O`sha kezlari u bolalagan bo`lib, faqat bittasi tirik qolgan edi.
Targ`il nechog`lik och qolmasin, uydagi narsalarga hecham ko`z olaytirmasdi. Aslida esa o`zi uchchiga chiqqan o`g`ri edi. Allaqayerlardan go`sht o`marib, uyga tashigani-tashigan edi. Bir kuni ogzida katta bir bo`lak go`sht bilan zo`rg`a zinadan chiqib, uni dahlizga qo`ydi-da, miyovlab bolasini chaqirdi. Bolasi kelgach, go`shtni erdan olib, o`zi doim ovqat eydigan tog`orachaga soldi. Mushukcha go`shtga tashlanib, apil-tapil eya boshladi. Targ`il erga cho`zilib, tamshanib qo`ydi.
U paytlarda biz erga ko`rpacha to`shab, pastakkina xontaxta atrofida ovqatlanardik. Kunlardan birida dasturxon atrofida o`tirgan edik. Targ`il oyim bilan mening o`rtamga kelib yotib oldi. Birozdan keyin yoniga bolasi keldi. Lekin u onasiga o`xshab jimgina yotish urniga boshini dasturxonga cho`zib, ustidagi narsalarni iskay boshladi. Bu ham etmagandek, keyin oldingi oyog`ini dasturxonga qo`ydi. Bolasi beso`roq bir nima olmoqchi bo`lganini sezgan targ`il darhol oyoqqa turdi. Huddi quloqsiz bolasining ta'zirini berib qo`ymoqchi bo`lgan onalarga o`xshab, bir oyog`i bilan mushukchaning boshi- ga tushirdi, uni urib-urib xontaxtaning tagiga kiritib yubordi. O`sha voqeadan keyin mushukcha dasturxonga oyoq uzatganini qayta ko`rmadik.