x

 

 
Gallupning 141ta jamoada o`tkazgan so`rovida butun dunyo bo`ylab ishchilarning atigi 13 foizi o`z kasbini «chin yurakdan» bajarishini ta'kidlagan. Bir so`z bilan aytganda, dunyoda juda kam odam o`z ishini sevib bajaradi. Ko`pchilik «zaruriylik zanjiri» uchun «bir bo`lak non» topish maqsadida ishlaydi. Ro`zg`orini tebratish uchun orzularini sarflaydi. Ho`sh, o`zi yoqtirgan ishni imkon qadar tezroq topish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?
Bolalikning ilk davrlarida «katta bo`lsam kim bo`laman» haqida aniq tasavvurga ega bo`lish uchun biroz erta. Bundan tashqari, biz o`z imkoniyatlarimizni to`liq anglamasdan, sog`lom tanlov qila olmaymiz. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, ba'zi insonlargina o`rta maktab yillarida ma'lum bir kasblarni tanlay oladi. Hatto 7-sinf o`quvchisida hali ham aniq ishtiyoq shakllanmagan bo`lishi mumkin. Ba'zilar o`z ehtiroslarini kech kashf etadilar.
Bundan tashqari, har doim ham «ichki dunyoga qarab» qiziqishlarni kashf qilish mumkin emas. Tashqi dunyo bilan muloqot qilish bolalarning qiziqishini uyg`otadi. Qiziqishlarni ochish jarayoni murakkab, tasodifiy, beqaror jarayon bo`lishi mumkin. Chunki ko`pchilik bir urinishdayoq o`zi uchun nima qiziqarli va nima qilish qo`lidan kelmasligini avvaldan ayta olmaydi. Shuningdek, u o`zini ba'zi narsalarni yoqtirishga majburlay olmaydi. Ularni boshdan kechirmasdan turib, qaysi manfaatlar doimiy va qaysi biri vaqtinchalik ekanligini bilish qiyin. Darhaqiqat, mashhur professor Avraam Maslouning so`zlariga ko`ra, «Nima istayotganingizni bilish odatiy hol emas. Bu kamdan-kam uchraydigan, noyob psixologik yutuqdir».
Bundan tashqari, qiziqish sohasini aniqlash bilan ish bitmaydi. Qiziqish sohasiga sarmoya kiritish va «qiziqishni bilim bilan oziqlantirish» kerak. Ushbu jarayonda yangi manfaatlar uchun tadbirlarda ishtirok etish juda muhimdir. Bolaning dunyoqarashi uning o`zi e'tibor beradigan soha orqali kengayadi.
Bolalarning qiziqish va iste'dodini kashf etish uchun yana nimalar qilish kerak?
Kichik yoshda bolalarning hayotdagi maqsadini aniqlash qiyin bo`lishi mumkin, ammo ularning nimalarga moyil bo`lishi haqida ishoralar mavjud:
• Uyin davomida bolani kuzatib boring. Uning qanday uynashi va o`ynagan o`yinchoqlari muhim maslahatlarni ulashishi mumkin. Misol uchun, bola mashinalar bilan o`ynaganida, u mashinalarni qismlarga ajratish va ularning ichki mexanizmini bilishni xohlaydi. Bu bolada «muhandislik aql» ustun bo`lishi mumkin. Boshqa bola xuddi shu mashinani olib, u bilan suhbatlashadi. Bu bola oliy toifali tilshunos, ijtimoiy va hissiy intellektga ega soha vakili bo`lishi mumkin. Agar bola qo`shni bolalarni mashinalar bilan o`ynashga chaqirsa va uning o`zi ularga ma'lum bir ko`rsatmalar bersa, kelajakda bosh direktor bo`lishi mumkin!
Bolalarning qaysi mashg`ulotlarga ko`proq vaqt ajratishni istashlari ham asosiy belgidir. Buning uchun bolalarni turli xil o`yinlar, o`yinchoqlar va mashg`ulotlar bilan tanishtirish kerak. Fozil Say turk bastakori kichikligida onasi uning oldiga barcha cholg`u asboblarini terib qo`ydi. U boshqa cholg`u asboblariga qayrilib ham qaramay, uzoq vaqt davomida piani- noni tark etmadi.
Boladan tomosha qilgan ko`rsatuv yoki fil'mi, o`qigan kitobidan nimani eslab qolganligini so`rash yaxshi yondashuvdir. Eng ko`p eslab qolingan sahna yoki iboralar sizning qiziqish va moyilligingiz haqida ma'lumot beradi.
Bola umumiy suhbatlarda qaysi so`zlarni eng ko`p qo`llaydi? Ana shu so`zlar his-tuyg`ularga oidmi yoki harakatlar va sezgilarga? (hid bilish, ta'm bilish...) Bu ularning qadriyatlari va fikrlash uslubiga ishora qiladi.
• Ayni paytda, dunyo juda tez o`zgarib borayotgani tufayli, farzandingizni kasblar bo`yicha emas, balki asosiy muvaffaqiyat qobiliyatlari orqali rivojlantirish oqilona tadbir. Kasblarning muvaffaqiyatlilik darajasi yillar davomida o`zgarishi mumkin, ammo asosiy muvaffaqiyat qobiliyatlari o`z vazifasini bajarishda davom etadi.
 

To Top ↑
To Top ↑