Chaqaloqning qo`lidan to`g`ri ushlay bilishning o`zi ham bir ilm. Uni cho`miltirish, sayr qildirish, yo`rgaklash - bular haqida yuzlab qo`llanmalar, entsiklopediyalar yozilgan.
Odatda, yosh otalar yangi tug`ilgan go`dagini qo`liga olishga ham botinisholmaydi, chunki chaqaloq judayam murt va himoyaga muhtoj kurinadi. Hatto birinchi marta tuqqan onalar ham unga nisbatan biror nojo`ya harakat qilib qo`yishdan cho`chiydilar. Ammo bunday vahimaga berilmaslik kerak! Ikkilanib qilingan xatti-harakat biror xunuk hodisaga, chunonchi, bola- ning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
Go`dakning qo`lchalaridan tutayotganda qaltis xarakat qilmaslikka intiling. Bolangizning ikkala qo`lidan baravar tuting. Uni keskin harakat bilan ko`tarmang yoki tushirmang. Huddi shunday oyoqchalariga ham ehtiyot bo`ling. Bolaning hali qotmagan bo`g`inchalari keskin harakatga moslashmagan.
Bolaning qo`lidan qanday tutish kerak?
Yotgan go`dakning ikkala qo`lini baravar tutgan holda ko`krak qafaslaridan ushlaysiz bosh barmoqlaringiz oldinda bo`lsin, boshqalari bilan esa belidan tuting. Bola boshini erkin tuta olmasa (uch oygacha), uni ko`rsatkich va o`rta barmoqlaringiz bilan ushlang-da, so`ng ko`taring. Unutmang, sizning bolangizga qaragan ko`zlaringiz, yuzingiz eng ezgu hislarni namoyon etishi kerak.
Bolaning qaddini tekis ushlang, boshchasini ko`kragingiz uzra iyagingizga tekkizib tuting, liqillatib tik ko`tarmang. Toki bola boshini tutishni va o`tirishni eplolmas ekan, uni vertikal holatda qo`lingizda ko`tarmang. Kichkintoyning qorinchasi va boshini ko`ksingizga suyab ko`tarsangiz, u bemalol tipirlay oladi, harakatlanishi qulay kechadi.
Bolani kiyintirish
Hozirgi kunda pediatrlarimiz tagliklarni tavsiya qilishmayapti. Chaqaloqqa birinchi oydan boshlab paxmoq yoki paxtali matodan tikilgan ishtoncha va ko`ylakcha yoki engil kombinzon kiygizib qo`yish ma'qul ekan. Bu kiyimlar uning tanasiga botmaydigan qilib tikilishi shart. Bolani toshdek qilib yo`rgaklab qo`yish va tik tutish uni qiynab ko`yadi, orqa organlari va ruhiy o`sishiga xalal beradi. Qo`lchalariga ham himoya kerak emas. Go`dak qulchalari bilan yuzini timdalab tashlashi mumkin, deya xavotirga tushsangiz tirnoqchalarini tez-tez olib turing.
Faqat buni manikyurda ishlatiladigan kichkina qaychicha yordamida amalga oshirish lozim (bunday qaychini topish bugungi kunda muammo emas). Agar kichkintoyingizning yuzlarini uning qo`llariga eng uchi tikilgan kiyimchalar kiygizish bilan himoyalayman desangiz, adashasiz. Chunki bunday ko`ylakchalar uning izlanish xususiyatini pasaytiradi, buyumlarni ushlay olish qobiliyati rivojlanishiga xalal beradi. Shuning uchun bola tug`ilgani zahotiyoq uning qo`llarini harakat qilishga, narsa tutishga o`rgatish kerak.
Qanday cho`miltirsak, yaxshirok?
Bolani kechki ovqatdan oldin har kuni bir mahal cho`miltirish kerak. Bolaning tog`orachasi yoki vannasini sovun bilan yaxshilab yuvib, keyin qaynagan suv bilan chayqang.
Bolani ikki kishi birgalikda cho`miltirishi kerak. Uni suvga solishdan avval suv haroratini yana bir bor tekshirib ko`ring. Suvning issiq-sovug`ini qo`l solib o`lchaganingizga ishonib bo`lmaydi.
Sovun surtgandan keyin bola qo`ldan toyib tushib ketishi mumkin. Shuning uchun vannachasiga taglik solib, chap qo`lingiz bilan boshchasini va belini tutib turing.
O`ng qo`lingizga yumshoq maxsus gubka yoki paxta olib, tayyorlab qo`ygan suvingizda namlaysiz va bolaning buyni, badani, keyin qo`ltiqlari, oyoqchasi, sonchalarining orasini yuvasiz. Unutmang, albatta, yumshok narsa ishlatishingiz shart!
Boshi va quloqlari suprasini ham shu tarzda yuvasiz. Chumichni qaynagan suvda chayqab, gudakni belidan tutasiz, boshidan suvni ehtiyotlab quyib uni yordamchingizga uzatasiz. U bolakayni maxsus suv shimadigan taglik yoki suvni yaxshi shimadigan yumshoq matoga boshdan oyoq o`rab, yo`rgaklaydigan stolga yotkizadi-da, badanidagi namni tezda artib oladi.
Esingizdan chiqmasin, chakalokning badanini sochiq bilan qattiq artib bo`lmaydi, pastdan yuqoriga qaratib ehtiyotkor harakatlar bilan arting.
Kichkintoyga alohida e'tibor
Maxsus idish ajratib qo`ying, unda kichkintoyning badaniga surtish uchun tayyorlangan yor turishi kerak. Bu o`rinda shaftoli, zaytun, pista yoglarini ishlatish maqsadga muvofiq. Har qanday yovni maxsus idishga solib, suvda 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Idishda yana vodorod pereksi, spirt, paxta va paxta o`ralgan cho`pchalar, shuningdek, ishlatilgan tampon va cho`pchalar solinadigan ikkinchi idish ham qo`yib qo`yilishi kerak.
Ozgina paxtani yovga botirib, bola badanining qatlangan joylariga surkaysiz, tug`ruqxonadan chiqqan paytlarda, ayniqsa, bolaga e'tiborni ku- chaytirish kerak. Avval bo`ynining qavatlarini, keyin quloqlari orqasini arting, so`ngra barmoqlari, kaftlari (tugilgan mushtchalari orasiga har xil iplar va paxta qoldiqlari kirib qolishi mumkin) ichini tozalab artish kerak. Keyin bukilgan bo`g`inlari orasiga ishlov berishga kirishing.
Oyoklarini tozalash jarayonida ham quyidan yuqoriga qarab, barmoqlaridan boshlab bo`g`inlarigacha, tizzalari chuqurchalari, qovurg`alar orasini xam yaxshilab yorlash kerak bo`ladi. Yog`ni jinsiy a'zolarining oralariga ham yaxshilab surting va ularni ham tozalab artib oling. Bu ishni bola uch oylik bo`lgunga qadar har cho`miltirganda bajarishingiz lozim. Kunda cho`miltiring, lekin sovundan haftada ikki-uch marta foydalansangiz kifoya, aks xolda bola terisi quruqlashib ketadi. Endi kindikcha bilan shug`ullanamiz. Bir uchiga paxta uralgan cho`pchaga 3 foizli vodorod pereksi olib, kindik atrofiga surtasiz. Har gal cho`miltirib bo`lgach, go`dakni kiyintirib, ana shu muolajaga kirishasiz. Bu uning kindigi tezroq bitishini ta'minlaydi va infektsiya tushishining oldini oladi.
- Qaynatilgan iliq suvda namlangan paxta bilan bolaning ko`zlarini ohista u burchagidan bu burchagiga qarab artamiz.
- Yumshoq paxtani yog`ga botirib, burnining ichini sekin 1,5-2 santimetrgacha tozalaymiz.
- Cho`nga yog` surtib, haftada bir marta quloqlarini tozalaymiz. Shifokorlar eshitish yo`llariga mikrob tushishining oldini olish uchun quloqlar suprasini doimiy tozalab turishni tavsiya qilishadi. Quloqlariga sut tomishi yoki cho`miltirganda suv kirishining oldini oling. Vannadan chiqqach quloqlaridagi paxtani darhol yangilang.
Ham shifo, ham rohat
Oramizda onaning qo`llari bolasi tanasidagi og`riqni bosish va uni tinchlantirish xususiyatiga ega ekanini bilmaydigan odam bo`lmasa kerak. Onaning qo`llaridan olingan massaj nafaqat yoqimli, balki bir qancha kasalliklar uchun davo hamdir, bundan tashqari, bola organizmini chiniqtirishda ham uning roli katta. Shunday ekan, onajonlar, bolangizni ushbu shifo va rohatdan mosuvo qilmang. Mabodo uning sirlarini sarosimada bo`lsangiz, keling, yana birgalashamiz.
Bolajoningizga massajni boshlashdan oldin bilib qo`yingki, unga quchingiz bilan qo`shib mehringizni ham sarflang, bola sizning sevgingizni his qilib tursin. Yangi tug`ilgan chaqaloq sizni ko`rish va eshitish organlari orqali emas, terisi bilan sezadi. Shuning uchun uning tanachasi mehrli mas- sajingizni qabul qilganida, u sizni ko`rmayotgan yoki eshitmayotgan bo`lsa ham tabassum qiladi, chinakamiga rohat oladi.
Massajni ovqatlangandan keyin bir yarim soatdan so`ng boshlaysiz. Stol ustiga yupqa yopinchiqni to`rt buklab tashlang va ustini taglik bilan yoping. Yuzasi qattiq bo`lishi kerak. Hona harorati o`rtacha 20 daraja bo`lishi maqsadga muvofiq. Issiq yoz kunlarida esa derazani ochib qo`ying. Tirnoqlaringizni oling, qo`llaringizni yuvib, isiting. Ozgina yor oling yoki bolangiz ko`p terlaydigan bo`lsa, talkdan foydalanishingiz mumkin.
Bolaning kayfiyati massaj paytida ko`tarinki bo`lishi shart. Agar injiqlik qilib turgan bo`lsa, mashgulotni keyinga qoldiring. Massaj paytida kimdir bolani uni o`yinchoqlar bilan aldab tursa, juda yaxshi bo`lardi. Hech bo`lmasa boshlanishida ikki-uch kun, bola o`rganib olguncha shunday qilish kerak. Bolada shamollash, tumov, allergiya alomatlari sezilsa, massajni to`xtating. Mabodo massaj paytida yoki u tugaganidan keyin bolani nimadir bezovta qilayotganini sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashmasdan uni davom ettirmang.