Aravachani tanlash ota-onalar uchun oson emas; estetik mezonlarga qo`shimcha ravishda, aravacha engil va foydalanishga qulay bo`lishi kerak.
Ko`p qavatli uyda yoki hovli uyda yashashingizga, lift bor-yo`qligiga qarab aravacha tanlang; turmush tarzingizga va aravachadan foydalanish rejalashtirilgan sharoitlarga muvofiq - yo`lka, o`t, bruschatka, qum; yashash sharoitingizga qarab (uydagi lift kichkina, 4 qavatda, bir xonali kvartirada yashaysiz, aravachani qo`yadigan joy yo`q) aravacha tanlang. Qaysi mavsum uchun sotib olayotganingizni hisobga oling; bola o`tirishni o`rganganda shu aravachadan foydalanishni rejalashtiryapsizmi yoki sayr uchun mo`ljallangan aravacha sotib olmoqchimisiz (ular faqat yozda ishlatiladi). Uning og`irligiga ham e'tibor bering: ikki kishilik aravachalar odatda 6 kilogrammdan 20 kilogrammgacha bo`ladi.
Shuningdek, quyidagilarni hisobga olish kerak:
g`ildiraklar (plastik yoki kauchuk, ularning o`lchami); yig`ilish/ ochilish tizimi;
hajmi (yukxonangizga, saqlash xonangizga mos kelishi);
• ularda qo`shimcha aksessuarlar bormi (sumka, oyoq uchun yopinchiq - sovuqdan, yomg`irdan himoya, quyosh pardasi, chivin o`tkazmaydigan to`r, stakandon, savat -xarid sumkasi);
qanday materialdan tayyorlangani (sifati va xavfsizligi, texnik xizmat ko`rsatish usuli);
orqa o`rindiqning sozlanishi;
6 oylikkacha bo`lgan chaqaloqlar ota-onasiga qaragan holatda o`tqizilishi kerak, shunda ular bolani kuzatib ketishi va ko`ziga qarashi mumkin, bu unga qo`shimcha xavfsizlik va himoya hissini beradi.
Aravachalarda chaqaloq barmoqlari tiqilib qoladigan teshiklar bo`lmasligi kerak; ular mustahkam va barqaror bo`lishi zarur. Aravachaning soyaboni bolani quyosh, yomg`ir va shamoldan himoya qiladi.
Sovuq havoda bolani doim aravacha aksessuarlaridan tashqari, qo`shimcha yopinchiq bilan yopishingiz kerak, chunki siz aravachani itarib, harakat qilib borganingiz uchun sovqotmasligingiz mumkin, lekin chaqaloq harakat qilmagani uchun havo unga ancha sovuq tuyuladi.
Rang, dizayn, moda detallari - bular ota-onalarning xohishi, lekin ular aravachani tanlashda birinchi o`rinda turmasligi kerak. Aravacha va avtomobil o`rindig`ini o`z ichiga olgan uchtasi birda tizimlari moliyaviy jihatdan samaralidir, chunki to`plam ko`pincha alohida xaridlarga qaraganda arzonroq bo`ladi. Har doim aravacha tanlashda uning funktsiyasini, ustiga tortilgan material havo o`tkazishini yaxshilab o`rganing, aravacha keng va chuqur bo`lishi kerak, aniqroq tasavvurga ega bo`lish uchun har doim do`konda turli xil aravachalarga bolani o`tqizib sinab ko`ring.
Noto`g`ri joylashuvi, o`lchami va aravachani ishlatish usulining mos kelmasligi bolaning psixomotor rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi.