32-hafta: kichkintoy endi juda kichkintoy emas. Bo`yi 43 sm atrofida. Hademay u aylanib boshchasini pastga qilib oladi va tug`ilgunicha shunday kutadi.
33-hafta: bolakay juda faol va onasi undan har zamonda yaxshigina tepki eb olayapti. Lekin ko`p o`tmay u bosiq bolaga aylanib qoladi, harakatlari hozirgidek epchil bo`lmaydi.
34-hafta: chaqaloqning buyragi va o`pkasi tashqi xayotga tayyor. Ichingizdagi turtqini juda yaxshi xis qilayapsiz. Endi bola buyrakchalarining o`lchami bor. Va ular hozir bir necha marta ortiq garmon ishlab chiqarishadi.
35-hafta: bu paytda homilador bachadon eng yuqori nuqtaga ko`tariladi. Ikki kilogrammcha og`irlikdagi bola diofragmani qattiq bosib qo`yadi. Onajonisi uchun uxlash ham, nafas olish ham, yurish ham kiyinlashib qoldi. Baribir harakat qilish kerak. Ovqatni esa iloji boricha kamrok eng.
36-hafta: bolaning vazni 2200-2500 gramm. Boshchasi asta-sekin tug`ish kanallariga yaqinlashayapti, bu qon bosimi va diofragmani bo`shashtiradi, sizga nafas olish osonlashadi. Mobodo bu jarayon ikki-uch hafta kechiksa, hech qo`rqinchli joyi yuq. Shu paytdan boshlab siz to`lg`oq qanday boshlanishi, qaysi paytda va qaysi tug`ruqxonaga borish to`g`risida bilishingiz kerak. Tuguningizga barcha kerakli narsalarni tugib, tayyorlab qo`ying.
37-hafta: kichkintoy 46 smgacha o`sishga ulgurdi. U kuniga taxminan 30 gramm og`irlashayapti. Endi teri osti bezlari issik almashinuvini ushlab turishga tayyor. Kuchingizni aql bilan ishlatishingizga to`g`ri keladi. Ayni bola kutayotgan paytingizda ortiqcha hech qanday ish bilan shug`ullanishning keragi yo`q. O`zingizni asrang va ko`proq dam oling.
38-hafta: erkatoyingizning muloyim va yoqimli tanachasi to`la shakllangan. Barmoqchalari chizib ko`ygandek chiroyli. Boshchasidagi sochlari 4 smgacha uzunlikda bo`lishi mumkin. Yo`g`on ichagida yangi tug`ilganida birinchi marta ajraladigan axlati to`planyapti. Bachadoningiz tug`ruqqa tayyorlanayapti. Shifokoringiz bilan doimiy aloqani o`rnating, undan organizmingizdagi o`zgarishlar to`g`risida surishtirib turing.
39-hafta: endi kichkintoyda aytish mumkin bo`lgan hech qanday o`zgarish sodir bo`lmayapti. U onajonisi bilan uchrashuvni intiqib kutayapti. Agar bolangiz o`g`il bo`lsa, uning tuxumdonlari mashonkasiga tushib qoladi. Sheykangiz asta-sekinlik bilan ochilib, tug`ruqqa shaylanayapti.
40-hafta: bolajoningiz bilan diydorlashish payti keldi. Ammo buni tug`ishga yo`llanma deb tushunmang. Agar bola dunyoga bir oz oldinroq yoki keyinroq kelsa, buning hech xatarli joyi yo`q. Bor-yo`g`i 10 foiz ayollar shifokori belgilagan muddatda ko`zi yorirkan. Eng muhimi, asabiylashmang va shifokoringizning ko`rsatmalariga quloq tuting.
Yangi mehmoningizning poyqadami qutlug` kelsin!