Uch oylikda bola qorningizda qimirlay boshlaydi. Uning borligini, u sizning vujudingizda nafas olayotganini xis qilasiz. Tomirlarida sizning qoningiz oqayotgan murg`akkina odamchani ko`rgingiz, u ayni damda qorningizda nimalar bilan mashg`ul ekanini bilgingiz keladi. Marhamat, uning qachon nimalar bilan shug`ullanayotganini, qanday rivojlanayotganini bilib oling va dunyodagi hamma bolalardan go`zal, hamma bolalardan afzal erkatoyingizni tasavvur qiling.
13-hafta: kichkintoyning bo`yi 10 sm.
14-hafta: bolaning skeleti, bosh suyagi va ichaklari rivojlana boshlaydi. Yupqa terisi orasidan qon tomirchalari ko`rinadi.
15-hafta: bola qo`lchalarini qimirlatib, mushtchalarini ko`rsata oladi. Avvalgi kiyimlaringiz sizga sig`may boshlaydi. Kengroq libos sotib olish haqida o`ylash vaqti keldi.
16-hafta: kichkintoy o`sib, og`irlashdi, bo`yiga 150 mm qo`shildi, vazni esa 140 gramm. Tanachasi muloyim tuk bilan qoplandi. Terini oq rangli moy qoplay boshladi. Bu moy o`zidan yoqimli, issiq sutning hidiga o`xshab ketuvchi betakror hid taratadi. Sizga esa UTTdan o`tish va boshqa tahlillarni topshirish vaqti keldi. Bolaning qanday rivojlanayotganini bilib olasiz.
17-hafta: gipofiz rivojlana boshlaydi. Istasangiz, bolaning qon guruhini aniqlatib olishingiz mumkin. Buyrak ishlay boshlaydi va endi boladan peshob ajraladi. Ichaklardan esa axlat ajraladi.
18-hafta: eshitish suyaklari va miyaning eshitishni ta'minlovchi qismlari rivojlanadi. U sizni eshita boshlaydi.
19-hafta: miyaning rivojlanishi davom etadi. Miya bilan muskullar orasida bog`liqlik boshlanadi. Qorningiz og`irlashib borayotganini sezayapsiz.
20-hafta: polaponingiz qizarib qoldi. Yuq, uyalganidan emas, fakat terisining rangi o`zgarib qoldi. Uning suyaklari mustahkam bo`layapti. Buning ustiga, ovozingizni ham taniyapti!
Uning borligini sezayapsiz... U qimirlayapti! Agar bu birinchi homilangiz bo`lsa, bilib kuying, uning qimirlashi suvning qaynashiga o`xshaydi, asta-sekin, bilinar-bilinmas bo`ladi. Keyinchalik qimirlashi kuchayib, shunaqangi tepa boshlaydiki, beixtiyor uni kelajakda futbolchi bo`lsa kerak, deb o`ylaysiz. Shifokor so`raganda javob berish uchun birinchi qimirlagan kunini eslab qoling.
21-hafta: sizning qoningiz bolangizga immunoglobulin etkazib berayapti, aynan ana shu narsa uni har xil kasalliklardan asraydi.
22-hafta: bu vaqtga kelib bolangizning hamma organlari ishga tushadi. Ko`kraklaringizning uchlari qoraya boshlaydi.
23-hafta: bolangiz kichkina odamchaga aylanib bo`ldi. Faqat hali 15 smga o`sishi va semirishi kerak.
24-hafta: terichasining rangi och qizil tusga kirdi, qosh va kipriklari o`sa boshladi. Agar unga biror narsa yoqmayotgan bo`lsa, tepib bildiradi. Va hatto hiqichoq tutadi. Bo`yi 230-250 mmga, og`irligi esa yarim kiloga ko`payadi.
25-hafta: Bolaning hamma organlari ishlay boshlaydi. Miya 100 gramm og`irlikda bo`ladi. U katta hayotga tayyorgarlik ko`rayapti.
26-hafta: bu paytda chaqalok yorug`likni seza boshlaydi. Masalan, qorningizga yorug` chiroq olib borilsa, u o`zgarishni darhol sezadi. Bu davrda siz unga qanday musiqalar yoqishi, qaysi qo`shiqlarni eshitganda tinchlanib, qaysilarini eshitganda asabiylashishini payqashingiz mumkin. O`zingizda ikki odamning og`irligini his qilasiz, yurak va o`pkalaringiz avvalgiga qaraganda bir yarim barobar ko`proq ishlaydi.
27-hafta: og`irligingiz sezilarli darajada oshadi, beso`naqaylashib borasiz. Biror narsaga turtilib ketish, yiqilish, qisilish kabi narsalardan o`ta ehtiyot bo`lib yuring.
28-hafta: kichkintoyning bo`yi 35 smga etdi, vazni esa deyarli 1 kg (900 gr). Har ikki haftada bir marta shifokor ko`rigidan o`tib turing.
29-hafta: bolaning teri osti yog` bezlari shakllanishda davom etyapti. Boshmiya qobig`i aniq shaklga ega. Vazni ortib boryapti, deyarli 1100 grammga etdi. Ko`kragingizdan sutga o`xshash suyuqlik kelishi mumkin. O`zingizning vazningiz 8 kgdan ortgan.
30-hafta: bu paytda endi kardiotokografiyaga o`tib kelish mumkin. Bu biroz qiyinroq va ko`p vaqt talab qiluvchi (40 daqiqadan 1,5 soatgacha) muolaja. Bu bolaning yuragi sog`lom yoki nosog`lom urishini aniqlab beradi. Aktogramma esa uning qimirlashini tekshiradi.
31-hafta: bola ko`tarsa qo`lga ilinadigan o`lchamga kelib qoldi. Og`irligi taxminan 1,5 kg cha bor.