x

Ba'zida sxemalarimiz hayot haqidagi ayrim e'tiqodlarimizga aylanib qoladi. Biz esa ana shu sxemalarga taslim bo`lib, ular xohlagandek harakat qilishni boshlaymiz.

Masalan, beqaror ota-ona qo`lida o`sgan va munosabat o`rnatishda qiynaladigan bolada “har doim yarim yo`lda tashlab ketishadi”, degan sxema shakllangan bo`ladi. Ya'ni ota-ona hissiy jihatdan ba'zida bor, ba'zida yo`q.

Ushbu sxemadagi taslim bo`lishni munosabatlarda tark etishda (yoki  yarim yo`lda tashlab ketish), noaniq (rashq, befarq) xatti-harakatlar tarzida kuzatishimiz mumkin. Yoki atrofidagi insonlarga (turmush o`rtog`i, farzandi) erishib bo`lmaydigan maqsadlar, orzu-umidlar ko`yishi va ular buni bajarolmagach, “yarim yo`lda tashlab ketish” sxemasiga hissa qo`shadigan dalillar to`plashi mumkin.

Ma'lumki, jamiyatimizda qaynona-kelin muammosining asosiy sabablaridan biri qaynona o`g`lini kelinidan qizg`anishidir. Hatto qaynona kelinini o`zi yoqtirib tanlagan bo`lsa ham, to`ydan keyin o`zgarib qolishi va o`g`li kelini bilan birga vaqt o`tkazsa, buni “Men tark etildim”, deb qabul qilishi ham mumkin. Mana shu nuqtai nazar ostida, ota-onasi yolg`iz qoldirgan (hissiy jihatdan), beqaror munosabatga bo`lgan, o`ziga ishonchi bo`lmagan va har doim tashlab ketilishiga ishonadigan bolalikdan qolgan sxema mavjud.

“Qaramlik sxemasi” mavjud inson munosabat o`rnatishga, xafaqonlik sxemasi yuqori bo`lgan inson xavfli vaziyatlar borasida haddan ziyod ta'sirchanlik ko`rsatishga, omadsizlik sxemasi kuchli inson faqat qilishi mumkin bo`lgan ishni qilib, yangilik qilishdan qo`rqishga, bo`yin egishni sxemalashtirgan inson birovlarning istagiga bo`yin egib yashashga, tasdiqlanishga muhtoj bo`lganlar taslim bo`lish harakati sifatida boshqa insonlarning talablariga muvofiq harakat qilishga moyil bo`ladilar.

To Top ↑
To Top ↑