x

Joriy yilning 27 iyul – 8 avgust kunlari Rossiyaning Vladivostok shahrida o`tadigan VII "Osiyo bolalari" sport o`yinlarida 10 ta mamlakat vakillari ishtirok etishini tasdiqladi. Bular Armaniston, Hindiston, Eron, Qozog`iston, Qirg`iziston, Mo`g`uliston, Suriya, Tailand, Turkmaniston, O`zbekiston va Rossiyaning ikkita jamoasi.  

O`yinlarni o`tkazish bilan bog`liq turli tadbirlarda qatnashish uchun 26 ta mamlakatdan volontyorlar ro`yxatdan o`tgan.  

Ularning umumiy soni ming nafarni tashkil etadi. Jumladan, Rossiyaning 32 ta mintaqasidan ham ko`ngillilar o`yinlarning tashkiliy ishlarida ishtirok etishi belgilangan.  

"Osiyo bolalari" sport o`yinlari dasturidan badminton, basketbol, boks, kurash, plyaj voleyboli, dzyudo, engil atletika, mas-restling, stol tennisi, suzish, o`q otish, erkin kurash, yunon-rum kurashi, sambo, kamondan o`q otish, taekvondo, raqs sporti, mini-futbol, hapsagay va badiiy gimnastika o`rin olgan.  

Mamlakatimizning 170 nafar atrofidagi yosh sportchilari 17 ta sport turidan o`tadigan bahslarda qatnashishi rejalashtirilmoqda.  

Eslatib o`tamiz, 2019 yilda Rossiyaning Saxalin o`lkasida o`tkazilgan VI "Osiyo bolalari" sport o`yinlarida 21 ta mamlakat sportchilari qatnashgandi.

To Top ↑
To Top ↑