Shaxmat o‘yini bo’yicha avvalgi maqolamizda aytilganidek, mazkur o’yin uchun shaxmat taxtasi va sipohlar kerak bo’ladi. Shaxmat taxtasi 64 ta kichik kvadratlarga ajratilgan, och va to’q ranglarga bo’yalgan katta kvadrat shaklidagi taxtadan iborat. Umumiy hisobda 32 ta to’q va 32 ta och rangli xonalardan mavjud. Qoidaga ko’ra, taxtaning o'ng tomon eng chetidagi xona oq rangli holda qolishi kerak.
Shaxmat taxtasining har bir xonasi o’z nomiga ega. Uzunlik bo’yicha vertikal qatorlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 raqamlari bilan belgilangan. Ko’ndalang (yoki gorizontal) yo'llar: a, b, c, d, e, f, g, h lotin alifbosi harflari bilan belgilangan.
Demak, xonaning nomi gorizontal yozilgan harfar va vertikaldagi raqamdan tashkil topadi. Misol uchun: e4, f6 va hokazo). Shaxmat taxtasida gorizontallar, vertikallar, diagonallar mavjud.
Yangi o’rganuvchilarga o'yinni boshlashdan avval taxtani daftarga chizib olib, uni yaxshilab yodlab olish tavsiya etiladi. Shaxmat taxtasini mukammal bilish shart, ya'ni ham oqlar, ham qoralar tomonidan shaxmat taxtasidagi yo’llarni bilish zarur. Hatto taxtaga qaramay turib, xonalar rangini bilish kerak. Bunga mashqlar natijasida erishiladi.
Agar siz allaqachon ushbu o’yindan yaxshi xabardor bo’lsangiz, o’zingizni sinab ko’ring: taxtaga qaramay turib, a1-h8, a8-hl, el-h4, dl-h5 diagonalini tashkil qiluvchi barcha xonalarni aytib bering va al, a8, hl; h8, el, e8 xonalarining rangi qandayligini eslashga urinib ko’ring.
Sipohlar
Endi shaxmat taxtasidan keying bosqich – sipohlar bilan tanishamiz va ularni taxtada to’g’ri joylashtiramiz. Avval oq sipohlar bilan tanishamiz. Ular sakkizta va biz ular orasida ikkita minoraga o'xshaganlarini topamiz. Bular ruxlardir. Ular chap va o'ng burchaklarga joylashtiriladi. Otlarni ham ajratib olish qiyin emas va ular ruxlar yoniga qo'yiladi. Otlar yoniga fillar joylashadi. Rux va otning ko’rinishi tushunarli, lekin filni qanday ajratamiz deyishingiz mumkin. Bu qiyin emas, chunki qolgan sipohlar ichida ikkita bir xil shaklga ega bo’lgani fil hisoblanadi. Qolgan ikki sipohlar farzin va shohdir. Shoh balandroq, farzin pastroq bo’ladi. Oq farzinni oq xonaga, oq shohni esa qora xonaga qo'yish kerak.
Ikkinchi qatordagi barcha xonalarni esa piyodalar egallaydi. Ular sakkizta va bir xil shaklga ega. Piyodalarni har bir oq sipoh oldiga qo'yamiz. Oq sipohlar kabi qora sipohlarni ham shunday qo'yib chiqamiz: ruxlar chetda, otlar, fillar. Qora farzinni qora xonaga, qora shohni esa oq xonaga qo'yamiz.
Eslab qoling: farzin o’z rangidagi xonada turadi.
Boshlang'ich vaziyat shunday. O'yin boshida har tomon sakkiztadan sipohga ega ular uchun quyidagi belgilar qabul qilingan. Sipohlarning nomlari va taxtada joylashuv o'rinlari bilan tanishamiz: shoh, farzin, rux, fil, ot va sakkizta piyoda. Oq sipohlar va piyodalar birinchi va ikkinchi gorizontalni egallaydi. Birinchisini sipohlar, ikkinchisini piyodalar egallaydi. Qora sipohlar sakkizinchi, piyodalar yettinchi gorizontalda joylashadi.
Taxtaning d4; d5; e5; e4 xonalari — bu taxtaning markazi. Taxtaning oqlardan o’ng qismi shoh flangi, chap qismi farzin flangidir.
Bolalarolami.uz sayti orqali kelgusida yuqorida keltirilgan shaxmat sipohlarining yurishlari haqida tanishishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting.