"Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini vatanparvarlik tarbiyasi" federal loyihasi doirasida bolalik, oila va ta'limni o`rganish instituti tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma natijalariga ko`ra, aksariyat ota-onalar va o`qituvchilar bolalar Internet va onlayn o`yinlarda juda ko`p vaqt o`tkazadilar, shuningdek, bolaning biron bir narsaga qiziqishi qiyin, degan fikrda.
Shunday qilib, farzand tarbiyasidagi qiyinchiliklar haqidagi savolga javob berar ekan, ota-onalarning 40 foizi va o`qituvchilarning 73 foizi bola ko`p vaqtini internetda o`tkazishini, ota-onalarning 26 foizi va o`qituvchilarning 58 foizi ularni biror narsaga qiziqtirish qiyinligini ta'kidlagan, shuningdek, ota-onalarning 22 foizi va o`qituvchilarning 55 foizi bola juda ko`p onlayn o`yin o`ynashini aytgan.
"Ota-onalarning atigi 19 foizi farzand tarbiyasiga etarlicha vaqt ajratmayotganliklarini tan oldi (o`qituvchilarning 64 foizi ota-onalarda farzand tarbiyasi uchun vaqt etishmasligini qayd etishdi). So`rov natijalariga ko`ra, ota-onalar farzand tarbiyasiga o`qituvchilarga qaraganda 17 foizga kamroq e'tibor qaratishadi. Na o`qituvchilar va na ota-onalar bolalarni tarbiyalashda aytarli qiyinchilikka duch kelishmaydi, chunki ular maktabda ta'lim-tarbiya masalalariga etarlicha e'tibor qaratilayotganiga ishonadi", — deyiladi tadqiqotda.