x

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ayni damda Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etishmoqda. 

 Forum Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan bo`lib, unda butun dunyodan ta'lim vazirliklari delegatsiyalari qatnashishmoqda. 

Butunjahon ta'lim forumi:  bugungi kundagi ta'lim sohasida mavjud muammolarga ijobiy echim topish, 

— yuzaga kelgan ta'lim va o`quv masalalarida firk almashish, 

— ta'lim jarayonidagi yangiliklar haqida taqdimotlar o`tkazish,

—davlatlar tomonidan ta'limning turli xil yo`nalishlaridagi muvaffaqiyatlar bilan bo`lishish uchun xalqaro maydon hisoblanadi.

 Ma'lumot o`rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o`tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi.

Forum 10 maygacha davom etadi.

To Top ↑
To Top ↑