x

Rossiya tomonidan Ukrainaning Uman' shahriga raketa uchirildi va u ko`p qavatli uy ustiga qulab tushdi. Oqibatda besh nafar bola halok bo`ldi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vaziri Igor Klimenko ma'lum qildi. 

 

Unga ko`ra, ikki o`g`il (biri — bir yarim yoshda, ikkinchisi — 16 yoshda) va 8, 11 va 14 yoshli uch nafar qiz vafot etgan.

Umanda jami 23 kishi halok bo`lgan, politsiya ekspertizasi ulardan 22 nafarini aniqlagan. Bir ayol bedarak yo`qolganlar ro`yxatiga kiritilgan.

 

Eslatib o`tamiz, oldinroq Rossiya havo kuchlari tomonidan Ukraina shaharlari Kiyev, Uman', Kremenchug va Poltavaga havo hujumi uyushtirilgandi.

 

 

To Top ↑
To Top ↑