Joriy yil boshidan buyon Yamanda qizamiqdan 77 nafar bola halok bo`ldi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yamandagi Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining ma'lum qilishicha, mamlakatda qizamiq epidemiyasining tarqalishi bilan bog`liq ko`rsatgichlar xavotirga sabab bo`lmoqda.
"Yamanda joriy yilning boshidan buyon 9 ming 418ta qizamiq kasalligiga chalinish holati aniqlandi, 2023 yilning boshidan buyon 77 nafar bola qizamiqdan vafot etdi", deyiladi bayonotda.
Bayonotda, Yamanda 2022 yilda taxminan 22 ming qizamiq kasalligi aniqlangani va 160 kishi vafot etgani alohida ta'kidlab o`tilgan.
Qizamiqdan tashqari, difteriya bilan kasallanish va bunday kasalliklardan o`lim holatlari ko`paygani ta'kidlandi.