Mahalliy yangiliklar
Farg`onada ayol 8 oylik chaqalog`ini 10 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo`lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko`ra, ayol Farg`ona shahar “Yangi asr” ko`chasidagi massajxonada yashab, shu erda ishlagan. U o`z bolasini sotib, evaziga tushgan puldan uy olmoqchi bo`lgan.
Olib borilgan tezkor tadbirda Uchko`prik tumani “Katta Kenagas” qishlog`ida ayol farzandini 10 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo`lga olingan.
“Uyim yo`qligi sababli bolamni 10 ming dollarga sotmoqchi bo`ldim. Qilgan ishimdan afsusdaman”, deydi ayol.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.