Jahon yangiliklari
“Vengriya poytaxti Budapeshtdan 20 km g`arbda M1 trassasida yirik avtohalokat sodir bo`ldi. 42 ta avtomobil' to`qnashib ketdi, ulardan 5 tasi yuk avtomobili, 37 tasi engil avtomobil'”,- deya xabar beradi TASS agentligi.
Poytaxt politsiyasi bosh boshqarmasi xabar berishicha, 19 ta avtomobil' yonib ketgan, 40 ga yaqin kishi jarohatlangan.
«39 kishi kasalxonaga etqazildi. Ulardan 29 nafari kattalar, 10 nafari bolalardir. Kattalardan 10 kishi og`ir jarohat, 19 nafari engil tan jarohatini olgan. 4 nafar bola og`ir, 6 nafar bola engil tan jarohati oldi», – dedi Milliy tez yordam xizmati matbuot kotibi Pavel D'yorfi.
Kotibning so`zlariga ko`ra, jabrlanganlarni evakuatsiya qilish uchun 4 ta vertolyot va 16 ta tez tibbiy yordam mashinasi jalb qilingan.