x

Qozog`istonda Kids Go Free dasturi doirasida 2 ming bolaga samolyotda bepul sayohat qilish imkoniyati beriladi. Bu haqda «Kazakh Tourism» MK» AJ vakillari ma'lum qildi.

«Ushbu dastur o`tgan yildan boshlab davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda. 2022 yil yakunlariga ko`ra, 20 ga yaqin mahalliy sayyohlik operatorlari tomonidan 700 oila qabul qilinib, ularga turpaketlar sotildi va shu munosabat bilan Kids Go Free dasturi doirasida 1,5 ming nafar bola samolyotda bepul sayohat qildi. O`ylaymizki, bu yil yangi turoperatorlar qo`shiladi. 2023 yilda 2 ming bolani qamrab olishni rejalashtirgan edik. Murojaatlar ko`p bo`lsa, qo`shimcha mablag` ajratish masalasi ishlab chiqiladi», – dedi «Kazakh Tourism» MK» AJ matbuot kotibi Yernur Kenjebekov.

O`z navbatida, «Kazakh Tourism» MK» AJ Tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish departamenti direktori Timur Kojubekov ushbu dasturda turoperatorlar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishini aytdi.

«Bolalar soniga hech qanday cheklov yo`q. Bir farzandli yoki 3-4 nafar farzand tarbiyalayotgan oilalar ham dastur imtiyozlaridan foydalanishi mumkin», – deydi departament boshlig`i.

Shu munosabat bilan dastur doirasida sayohat qilishni istagan oilalar turoperatorlarga tashrif buyurishi kerak. Ushbu operatorlar ro`yxati bilan Instagramdagi KidsGoFree kz sahifasida tanishish mumkin. Mamlakat ichidagi rasmiy operatorlar orqali tur sotib olgan oilalarning farzandlari bepul aviachipta oladi.

To Top ↑
To Top ↑