x

Mahalliy yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o`quvchilari o`g`irlab ketilayotgani aytilgan videoxabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 1 fevral' kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 113-sonli maktabning 11-sinf o`quvchisi F.N. boshqaruvidagi avtomashinaga 132-sonli maktab o`quvchilari G. B. va S.N. muz bo`lagini tepgan.

Shundan so`ng 11-sinf o`quvchilari muz bo`lagini tepgan bolalarni ichki ishlarga olib boramiz, deb ularni og`zaki qo`rqitgan. Bolalar boshqa bunday qilmasligini aytib, uyiga ketgan, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda bolalar ota-onasi bilan birga. Avtomashinani boshqarish huquqi bo`lmagan o`quvchilarning ota-onasi bilan esa huquqbuzarlikka yo`l qo`ymaslik yuzasidan profilaktik suhbat o`tkazilgan.

To Top ↑
To Top ↑