BBC xabariga ko`ra, kecha – 24 may kuni AQShning Texas shtatidagi Yuvalde shaharchasida otishma sodir bo`lgan. Okrug politsiya boshlig`i ushbu holat seshanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 11:32 da hududdagi maktabda boshlanganini ta'kidlagan.
Halok bo`lganlar soni 21 nafarga etgani aytilmoqda, shundan 18 nafari 5-11 yoshdagi maktab o`quvchilari bo`lgan.
Qayd etilishicha, qotil 18 yoshli Sal'vador Ramos bo`lgan va u politsiya tomonidan to`xtalib qolishga harakat qilingan vaqtda otib o`ldirilgan.
Halok bo`lgan o`quvchilardan biri Jo Garzaning onasi Anxel Garza bo`lib o`tgan mash'um hodisadan so`ng "Facebook" ijtimoiy tarmog`ida quyidagicha post qoldirgan:
"Mening qadrli kichkintoyim endi yuqorida, farishtalar bilan. Sizlardan iltimos, buni bir lahza ham oddiy holat demang! Oilangiz hayot bo`lsa, ularni bag`ringizga bosing va yaxshi ko`rishingizni ayting".
Shuningdek, vafot etganlar orasida shu maktabda dars bergan o`qituvchilar — Irma Garsiya va Eva Mirales ham bo`lgan. Maktab saytidagi ma'lumotlarga ko`ra, Garsiya xonim 23 yildan beri o`qituvchilik qilib kelgan va 4 farzandning onasi edi. Eva Mirales esa 17 yildan beri o`quvchilarga ta'lim berib kelgan.
Ma'lumot uchun: Mazkur voqea munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoev Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Jozef Baydenga hamdardlik yo`lladi.