Fuqarolarga pensiya tayinlanishida I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha bo`lgan nogiron bolaga, shuningdek o`zgalarning parvarishiga muhtoj bo`lgan (davolash muassasasining xulosasiga ko`ra) 80 yoshga to`lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo`shib hisoblanadi.
Shuningdek, "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to`g`risida"gi qonunning 15-moddasiga ko`ra, nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bor deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil' AESdagi avariya tufayli mayib bo`lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo`lgan deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.