x

Jahon yangiliklari

Nigeriya harbiylari mart oyi boshlarida Kaduna shtatida oʻgʻirlab ketilgan 200 dan ziyod bolalarni ozod qilishdi.

“Mahalliy hokimliklar va hukumat muassasalari bilan butun mamlakat boʻylab hamkorlikda harbiylar qidiruv-qutqaruv amaliyoti oʻtkazib, 24-mart erta tongida garovdagilarni ozod qilishdi”, — deya bayonot berdi armiya rasmiy vakili, general-mayor Edvard Buba.

Mart oyi boshida mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Kaduna shtatida qurolli shaxslar davlat maktabiga hujum qilib, 230 nafar oʻquvchini oʻgʻirlab ketgandi.

Bolalarni ozod qilish amaliyoti tafsilotlari haqida general maʼlumot bermadi.

To Top ↑
To Top ↑