x

Mahalliy yangiliklar

2022/2023 o`quv yilidan davlat maktablarida o`quvchilar uchun maktab formasi to`liq joriy etiladi. Bu haqda 19 may kuni hukumat qarori tasdiqlandi. Ushbu tartib 2024/2025 o`quv yilidan boshlab amalga kiritilishi ko`zda tutilgan edi. Biroq hukumat vakillari buni kechiktirmaslik va yangi o`quv yilidan boshlab amalga oshirish lozim deb topishdi.

Keltirilishicha, 2022 yil 1 iyunga qadar hududlar kesimida 2022/2023 o`quv yilida maktablarda formalarga qancha ehtiyoj borligi aniqlanadi. Kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg`armalari mablag`lari hisobidan sotib olinishida ko`maklashiladi.
Shuningdek, 2022 yil 10 avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning  savdo shoxobchalari tashkil etiladi.

Eslatib o`tamiz, davlat maktablari o`quvchilari uchun yagona maktab formasining shakllari Hukumatning 15.08.2018 yildagi 666-son qarori  bilan tasdiqlangan.

To Top ↑
To Top ↑