Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablarning birida o`quvchi qizlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. Unga ko`ra, 7 aprel' kuni Mirobod tumanidagi 158-sonli maktabda 1963 yilda tug`ilgan, shu maktabda psixolog lavozimida ishlovchi erkak A.G. voyaga etmagan qizlarga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi A.G. shahar klinik psixiatriya shifoxonasiga joylashtirilgan.