Jahon yangiliklari
Buyuk Britaniya 6 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun COVIDga qarshi Moderna vaktsinasini tasdiqladi.
Ushbu qarorga kelishga mamlakatda koronavirusning yangi shtammlari tarqalishini oldini olish bo`yicha olib borilayotgan ishlar sabab bo`lgan.
Buyuk Britaniyaning Dori-darmonlar va tibbiy mahsulotlar xavfsizligini nazorat qiluvchi idorasi – MHRA ma'lumotlariga ko`ra, "Spikevax" deb nomlanuvchi Moderna vaktsinasi xavfsizlik, sifat va samaradorlik jihatidan talab qilinadigan standartlarga mos kelgan.
Bugungi kunda Buyuk Britaniyadagi aksariyat bolalarda virus aniqlanmagan yoki engil shaklda bo`lsa ham, yuqtirish va og`ir darajaga olib kelish ehtimolini hisobga olib ushbu qarorga kelingani qayd etilgan.