Buyuk Britaniyada yoshlar o’rtasida vaping ko’payishiga qarshi kurashish va bolalar salomatligini himoya qilish rejasining bir qismi sifatida bir martalik vap (elektron sigaretlar) taqiqlanadi.Ushbu taqiq 2024-yil oxiri 2025-yil boshlarida kuchga kirishi kutilmoqda.
Yangi ma’lumotlar shuni ko’rstamoqdaki, so’nggi 3 yilda chekuvchi bolalar soni 3 barobarga oshgan. Hukumatning ta’kidlashicha, yosh bolalar orasida ham bu holat avj olmoqda., 11-15 yoshli bolalarning 9%i hozirda sigaretalardan foydalanmoqda. Katta yoshli o’smirlar orasida ham ushbu vaziyat 9 barobarga ko’paygan. NHS statistikasi ham chekish tufayli kasalxonaga yotkazilgan bolalar soni oshganini ko’rsatmoqda. O’tkazilgan so’nggi tadqiqot natijalariga ko’ra, sigaret chekuvchi yoshlar boshqa tengdoshlariga qaraganda 2 baravar ko’proq stressga uchraydi.
Bir martali ishlatiladigan vaplarni taqiqlash 2025 yil oxirigacha joriy etilishadi. Bu Elf bars va Lost Mary kabi bir martalik vaplarni ishlab chiqarish va sotishni o'z ichiga oladi.
Taqiq joriy etilgach, chakana sotuvchilarga qonunga rioya qilish va amalga oshirish uchun olti oy vaqt beriladi.