x

Bugun, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida xalq ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligining tahlili yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Unda davlatimiz rahbari tomonidan namunali o`quvchining ota-onasiga minnatdorchilik xati va sovg`alar topshirib borishni tizimli yo`lga qo`yish kerakligi, har chorakda eng namunali ota-onalarni rag`batlantirib, ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish muhimligi aytildi.

Shuningdek, viloyat hokimlariga yuqori koeffitsiyentli 120 ta maktabda o`qish sharoitini yaxshilash bo`yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash topshirildi. Ularga 1 avgustga qadar 960 ta maktabni komp'yuter sinfi bilan ta'minlash, 740 tasini jihozlash ishlarini yakunlashi kerakligi ko`rsatib o`tildi.

Ta'kidlanishicha, 5,5 mingta komp'yuter sinflarini yangilash bo`yicha alohida dastur qabul qilinadi. Bunga respublika byudjetidan 200 milliard so`m, mahalliy byudjetlardan ham 200 milliard so`m yo`naltiriladi.

Mutasaddilarga yangi o`quv yilidan boshlab kichik maktablarda internet tezligini sekundiga 40 Megabit, katta maktablarda esa kamida 100 Megabit bo`lishini ta'minlash, maktablar uchun alohida imtiyozli tariflarni tasdiqlash topshirildi.

To Top ↑
To Top ↑