Statistika agentligi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-yanvar holatiga doimiy aholi soni qariyb 36,8 mln kishini tashkil etgan. Ularning qariyb 3 dan bir qismi Farg'ona vodiysi viloyatlariga to'g'ri kelmoqda. Shuningdek, eng ko'p aholi Samarqand viloyatida, eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qiladi.
Hududlar kesimida doimiy aholi soni quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston R. – 2 002,7 ming kishi;
- Andijon viloyati – 3 394,4 ming kishi;
- Buxoro viloyati – 2 044,0 ming kishi;
- Jizzax viloyati – 1 507,4 ming kishi;
- Qashqadaryo viloyati – 3 560,6 ming kishi;
- Navoiy viloyati – 1 075,3 ming kishi;
- Namangan viloyati – 3 066,1 ming kishi;
- Samarqand viloyati – 4 208,5 ming kishi;
- Surxondaryo viloyati – 2 877,1 ming kishi;
- Sirdaryo viloyati – 914,0 ming kishi;
- Toshkent viloyati – 3 051,8 ming kishi;
- Farg‘ona viloyati – 4 061,5 ming kishi;
- Xorazm viloyati – 1 995,6 ming kishi;
- Toshkent shahri – 3 040,8 ming kishi.