Mahalliy yangiliklar
Bir muddat oldin Adliya vazirligi va Statistika agentligi tomonidan eʼlon qilingan 2023-yilda Oʻzbekistonda tugʻilishlar statistikasida katta tafovut borligi keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi.
Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaga koʻra, vazirlik eʼlon qilgan statistika 2023-yil davomida FHDYO organlari tomonidan qayd etilgan tugʻilishlar soni boʻyicha tuzilgan boʻlib, Statistika agentligi faqatgina tirik tugʻilgan bolalar soni haqidagi maʼlumotni taqdim qilgan. Shu bois har ikki raqam oʻrtasida farq paydo boʻlgan: 6 178 ta.
Vazirlik keltirgan raqamlarda 968 140 ta tugʻilish holatlari qayd etilgani aytilgan edi. Statagentlik esa oʻtgan yili mamlakatda tirik tugʻilishlar soni 961 962 nafarni tashkil etganini keltiradi.
Raqamlardan koʻrinadiki, 2023-yilda Oʻzbekistonda yuqorida keltirilgan – 6 178 ta holatda chaqaloqlar oʻlimi qayd etilgan.